Xiaomi'ning eng chiroyli smartfoni iPhone 14 Pro tirqish dizaynini ko‘chirib oldi

Xiaomi'ning eng chiroyli smartfoni iPhone 14 Pro tirqish dizaynini ko‘chirib oldi

Xiaomi keyingi hafta o‘zining Civi 2'ni taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Kecha kompaniya o‘zining "eng chiroyli" deb ta’rif beriladigan smartfonining orqa dizaynini namoyish qiladigan posterlarni chiqargan edi. Bugun esa uning old tomoni ham ko‘rsatildi.

Bir qarashda Xiaomi Civi 2 old tomondan yaqinda taqdim qilingan Apple'ning iPhone 14 Pro smartfonlarini eslatib yuboradi, chunki u ekran yuqori markazida uzunchoq oval shaklidagi selfi kamera tirqishiga ega. Aytish mumkinki, Xiaomi uchun boshqa smartfonlar, ayniqsa, Apple smartfonlari dizaynini ko‘chirib olish begona emas: kompaniya bundan avval ham iPhone X tirqish dizaynini Mi 8 uchun Ctrl+C & Ctrl+V qilgan edi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Xiaomi Civi 2 kompaniya smartfonlari ichida eng kuchli old kamera tizimiga ega bo‘ladi: tirqish ichida 32 megapikselli ikkita kamera sensorlari mavjud bo‘lib, ular yuqori darajadagi selfilar olish imkonini beradi. Orqa kameraga keladigan bo‘lsak, uchlik kameralarining asosiy sensor kamera oroliga yozib qo‘yilganidek, 50MP bo‘ladi.  

Smartfon yon tomonlari avvalgi Civi smartfonlarida bo‘lganidek "giperboloyd" dizaynda, ya’ni old-orqa tomon yonlari ham egilgan. Qurilma, 7.23 mm qalinlikda va 171.8 gram og‘irlikda ekanligi aytilmoqda - bu o‘tgan yilgi Xiaomi Civi'dan ko‘ra qalinroq va og‘irroqdir.

Taqdimot sanasini e’lon qilish bilan birga, Xiaomi o‘zining yangi avlod Civi smartfoni uchun oldindan buyurtma berishni ham ochgan edi. Ta’kidlash joizki, bir kun ichida Civi 2 uchun 100,000 dan oshiq buyurtmalar berilgan.

Mish-mishlarga qaraganda Xiaomi Civi 2 global bozorga ham chiqarilishi mumkin.

O‘QING: OnePlus 11 Pro'ning texnik ko‘rsatkichlari oshkor bo‘ldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!