Xiaomi’ning eng kutilayotgan flagmanini ishlayotgan holida ilk bor «jonli» ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  2237
  •  27.12.2019 11:57

Xiaomi’ning eng kutilayotgan flagmanini ishlayotgan holida ilk bor «jonli» ko‘ramiz!

«Xitoycha Apple» alohida turkumning navbatdagi vakili – Mi Mix 4 smartfonini tayyorlayotganidan xabaringiz bor. Avvalroq bir tizerida uning namoyish kunini ham sirli tarzda e’lon qilgan edi.

O‘QING: Xiaomi kompaniyasi Redmi 8’dan naq ikki karra kuchli arzon smartfon tayyorlayapti!

Xiaomi ushbu qurilmasi haqidagi ma’lumotlarni sir tutib kelayotgan bo‘lsa-da, boyagina uning birinchi «jonli» rasmlari internetga chiqdi. Unga ko‘ra, Mi Mix 4 tashqi ko‘rinishi 2019 yil sentyabrda namoyish etilgan konseptual 5G-smartfoni – Mi Mix Alpha modeliga o‘xshaydi.

Mazkur premial flagmandan farqi – Mi Mix 4 ekrani korpusning orqasiga ham o‘tib ketmasdan, yon tomoniga qayrilib tugaydi. Ya’ni, u maksimal darajada romsiz «sharshara» displeyga ega. Shuningdek, yangi devays korpusining yon qirralarida tugmachalar ko‘zga tashlanadi; yuqori va pastki qirralarida qanaqa portlari borligini esa bu rasmlarda aniqlash imkoni yo‘q.

O‘QING: Samsung kompaniyasi 108 MPlik kamera borasida Xiaomi’ni boplagan ekan!

Xuddi avgustning boshida taqdim etilgan fabletlar – Mi Note 10 hamda Mi Note 10 Pro singari, Mi Mix 4 bosh kamerasi ham birdaniga beshta modulga ega. Ammo yangi flagmanning ekranida old kamera uchun tirqish yoki kemtik yo‘q – aftidan, unda chindan ham «yashirin kamera texnologiyasi» qo‘llangan. Quyidagi suratda ham Mi Mix 4 aks ettirilgan, deyishyapti va bu haqiqatga ancha yaqin:

Mi Mix 4 taqdimoti yanvar oyida bo‘lib o‘tishi kutilayotir; ekrani korpusni to‘la o‘rab olmagani uchun, Xiaomi unga insof doirasida narx qo‘ysa kerak. Mi Mix Alpha konseptual 5G-smartfonini esa, garchi hali savdosi rasman boshlanmagan bo‘lsa-da, allaqachon naq 140 ming dollardan taklif qilishyapti.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlarida yana bir foydali funksiya paydo bo‘lyapti

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!