Xiaomi’ning «yengillashtirilgan» flagmani – Mi 11 Lite xususiyatlari va narxi

  •   DiMaX
  •  5105
  •  08.01.2021 11:59

Xiaomi’ning «yengillashtirilgan» flagmani – Mi 11 Lite xususiyatlari va narxi

Snapdragon 888 chipsetli ilk smartfon – Xiaomi Mi 11 o‘tgan yilning oxirida taqdim etilgan va AnTuTu benchmarkining so‘nggi reytingida g‘oliblikka erishgan. Kompaniya uning Mi 11 Pro talqinini hozircha namoyish qilmadi, ammo ushbu model tayyorlanayotgani haqida yetarlicha dalillar mavjud. Shu bilan birga...

O‘QING: Xiaomi eng zo‘r va qimmat flagmanini tayyorladi, lekin bu Mi 11 ham, Mi 11 Pro ham emas!

Bulardan tashqari, «Xitoycha Apple» o‘z yangi flagmanining «yengillashtirilgan» versiyasini ham chiqarishi haqida anchadan beri xabarlar yurardi. Endi esa bu ma’lumotni rasmiy manba ham tasdiqladi.

Aniqrog‘i – Xiaomi Mi 11 Lite modeli AQShning Federal aloqa komissiyasi (Federal Communications Commission, qisqartmasi – FCC) ma’lumotlar bazasida «ko‘rinish berdi»:

Ushbu nufuzli tashkilot faqat bozorga chiqarishga tayyor mahsulotlarnigina sertifikatlashini hisobga olsak, mazkur smartfonning ham taqdimoti yaqin.

O‘QING: Redmi Note 10 Pro 4G ham tayyor: uning nimasi Galaxy Note 20 Ultra’dan olingan?

Shu bilan birga, boshqa manbalarda Xiaomi Mi 11 Lite smartfonining qolgan xususiyatlari ham ko‘rsatilmoqda. Jumladan, kompaniya uni tezkor/ichki xotira konfiguratsiyasiga ko‘ra ikki xil – 6/64 hamda 6/128 gigabaytlik variantlarda chiqaradi.

Xiaomi Mi 11 Lite smartfoni MIUI 12 grafik qobig‘i bilan taqdim etiladi va unda qo‘llanuvchi Snapdragon 732G protsessori to‘rtinchi avlod – LTE standartigacha bo‘lgan uyali aloqa tarmoqlarida ishlay oladi. Uning akkumulyatori 4250 mA/soatlik bo‘lib, 33 vattlik quvvat bilan tezkor zaryadlana oladi.

Insayderlarga ko‘ra, Mi 11 Lite bosh kamerasi uchtalik – 64, 8 va 5 megapiksellik sensorlarni o‘z ichiga oladi. Uning ekrani IPS matritsali bo‘lib, kadr yangilanish chastotasi 120 gersni tashkil etadi. Xiaomi uni 350 dollardan boshlanuvchi narxlarda sotishi kutilmoqda.

O‘QING: Hamyonbop Android-smartfonlardan qaysilari eng zo‘r? (AnTuTu reytingi, 2020 yil dekabr)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!