Xiaomi’ning ilk buklamafoni – Mi Mix 4 «jonli» suratlarda!

  •   DiMaX
  •  702
  •  17.03.2021 10:10

Xiaomi’ning ilk buklamafoni – Mi Mix 4 «jonli» suratlarda!

Shu yilning yanvarida MIUI grafik qobig‘ining rasmiy xalqaro saytida Xiaomi tayyorlayotgan ikkita yangi qurilma «qo‘lga tushgan» edi. Bularning birinchisi korporatsiya muxlislari ko‘pdan beri kutayotgan inqilobiy Mi Mix 4 smartfoni bo‘lsa, ikkinchisi Mi Note 11 fabletidir.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 4’ni kutyapsizmi? Undan ham oldin Xiaomi Mi 11 Ultra chiqadi!

Kompaniyaning qayishqoq displeyli birinchi buklamafoni – Xiaomi Mi Mix 4 modelining chiqishini avvalroq Ley Szun (Lei Jun) tasdiqlagan edi. Insayderlar esa yilning ikkinchi yarmida namoyish etilishi kutilayotgan mazkur qurilmaning «jonli» rasmlarini allaqachon tarqatishdi.

Afsuski, rasmlarda Xiaomi Mi Mix 4 faqat orqa tomonidan ko‘rsatilgan. Lekin uning old yuzasi Samsung Galaxy Z Fold 2 modeliga o‘xshashini tasavvur qilish mumkin.

O‘QING: Dunyodagi ilk buklamafon ijodkori Galaxy Z Fold 2 raqibini chiqardi!

Xiaomi Mi Mix 4 orqa paneli shishadan ishlangan, bosh kamerasi uchta modulni o‘z ichiga oladi va korpusning orqa yuzasidan sal bo‘rtib chiqqan. Lekin bu holatida uning shikastlanishi oson; ehtimol, bu prototip bo‘lib, smartfonning bozorga chiqadigan variantida kamerani himoyalashsa kerak

Mazkur flagmanning Qualcomm Snapdragon 888 platformasi bazasida tayyorlangani aniq, uning xotira va kameralari ham ilg‘or bo‘lsa kerak.

O‘QING: 108MP kamerali Xiaomi Mi 10S global bozorga xitoychasidan kuchli bo‘lib chiqyapti!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.