Xiaomi’ning ilk elektromobili shaxsan kompaniya rahbarining nazoratida!

  •   DiMaX
  •  817
  •  20.02.2021 13:12

Xiaomi’ning ilk elektromobili shaxsan kompaniya rahbarining nazoratida!

«Xitoycha Apple» bizda asosan hamyonbop smartfonlari, shuningdek, quloqchin, smart-soat va aqlli bilaguzuklari bilan tanilgan. Lekin Xiaomi mahsulotlari assortimenti ancha keng: kir yuvish mashinasi, aqlli rozetka, aqlli sichqoncha, hattoki aqlli ko‘rpa va ayollar uchun aqlli termometr kabilar bor.

O‘QING: Gapiradigan kir yuvish mashinasi: uy uchun noodatiy yana 8 ta gadjet

iFengNews nashrining yozishicha, Xiaomi endi elektromobillar ishlab chiqarishga kirishmoqchi va buni muhim strategik yo‘nalish, deb hisoblamoqda. Insayderlarga ko‘ra, bu loyiha ayni damda ishlab chiqishning dastlabki bosqichida turibdi; shu sababli elektrokar dizayni, texnik xususiyatlari va boshqalar hali tasdiqlanib ulgurmagan.

Bu haqda xabar bergan manbalarga ko‘ra, elektromobil loyihasini shaxsan Xiaomi asoschisi va bosh direktori Ley Szyun (Lei Jun) o‘z boshqaruvi ostiga olgan. Kompaniya bu mish-mishlar borasida na rad etib, na tasdiqlab biror izoh bermayotir.

Shunisi ham borki, 2013 yiliyoq Ley Szyun yetakchi elektromobilsoz – Tesla bosh direktori Ilon Mask bilan uchrashish uchun ikki marta AQShga borgan. O‘tgan yillar mobaynida uning mazkur sohaga qiziqishi yanada ortgan. Smartfonlar bozori oqsayotgan, aqlli elektromobillar bozori tobora o‘sib borayotgan zamonda bu tabiiy, albatta.

Darvoqe, 2020 yili eng ko‘p sotilgan o‘nta elektromobil ro‘yxati, oxirgi uch yillikda O‘zbekistonga elektromobil importi ko‘rsatkichlari hamda Porsche elektrokari tezlik bo‘yicha jahon rekordini yangilagani videosi ham sizni qiziqtirsa kerak.

O‘QING: Tesla tayyorlagan eng arzon elektromobilni sifatli suratlarda ko‘ramiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.