Xiaomi’ning koronavirusga qarshi tovari tufayli uning o‘z sayti ishdan chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1342
  •  29.01.2020 12:48

Xiaomi’ning koronavirusga qarshi tovari tufayli uning o‘z sayti ishdan chiqdi!

Shu kunlarda koronavirus sababli Xitoyda ko‘plab ommaviy tadbirlar to‘xtatilgan. Jumladan, «Xitoycha Apple» ham o‘zining navbatdagi flagmanlari – Xiaomi Mi 10 smartfonlarining to‘laqonli taqdimotini bekor qilgan, yana...

O‘QING: Xiaomi’ning barcha do‘konlari yopilyapti – vaziyat o‘ta jiddiy!

Epidemiya munosabati bilan, Xiaomi infeksiyadan himoyalovchi maxsus tibbiy niqob ishlab chiqdi va jamoaviy moliyalashtirish maydonchasi bo‘lmish Youpin kraudfanding saytida sotuvga qo‘ydi.

Xiaomi medical surgical mask deb nomlanuvchi ushbu tibbiy niqobga talab shu darajada katta ekanki, sayt cheklov o‘rnatishga majbur bo‘ldi. Ya’ni, har bir foydalanuvchi faqat bittagina to‘plam (20 dona) niqob xarid qila oladi. Tibbiy niqoblarning ushbu to‘plami 39,9 yuan (taxminan 5,75 AQSh dollari) turadi, epidemiya o‘choqlaridan sanalmish Xubey provinsiyasidagi mijozlar uchun esa maxsus chegirmalar joriy etilgan.

O‘QING: Koronavirus qayerda qanchalik tarqalmoqda? Buni ko‘rsatuvchi onlayn servis ishga tushdi!

Xiaomi medical surgical mask sotila boshlashi bilan xitoyliklar uni xarid qilish uchun Youpin saytiga shunchalik yopirilib kirishdiki, butun saytda vaqtinchalik texnik muammo yuzaga keldi. Kompaniya hatto maxsus bayonot bilan chiqish qildi – unda kraudfanding maydonchasi saytiga kirish trafigi kutilmagan darajada oshib ketgani uchun ma’lumotlarni qayta ishlashga ulgura serverlar olmay qolgani aytilgan.

Sotuvdagi maxsus tibbiy niqoblar kechaning o‘zidayoq tugagan, Xiaomi vakillari tovarning ikkinchi partiyasi kelishi bilan xabar berishni va’da qilishgan. Xitoy ommaviy axborot vositalarining ma’lum qilishicha, koronavirus epidemiyasi tarqala boshlagan, deya taxmin qilingan Uxan provinsiyasi va boshqa karantindagi hududlar aholisiga Xiaomi avvalroq bunday niqoblarni bepul jo‘natgan ekan.

O‘QING: Koronavirus vahimasi: AliExpress’dan keladigan tovarlar qanchalik xavfli?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!