Xiaomi’ning naq oltita smartfoni rasman arzonlashtirildi!

  •   DiMaX
  •  5351
  •  10.09.2019 10:54

Xiaomi’ning naq oltita smartfoni rasman arzonlashtirildi!

Yangi rusumdagi smartfonlar taqdimoti oldidan avvalgilarining narxlarini tushirish an’anaga aylanib bormoqda. Jumladan, yaqin kunlarda Xiaomi Mi Mix 4 hamda Mi 9S Pro 5G flagmanlarini namoyish etadigan «Xitoycha Apple» o‘zining Xiaomi Mi 9 SE (xarid qilish) va Xiaomi Mi 9 (sotib olish) flagmanini arzonlashtirgan edi.

O‘QING: «Jonli» video: Eng tezkor Xiaomi Mi Charge Turbo orqali simsiz quvvatlanayotgan Mi 9S Pro 5G!

Korporatsiya endi yana to‘rtta modeldagi smartfonlarini rasman arzonlashtirganini e’lon qildi. Shu tariqa, Xitoyda taqdimot arafasida jami oltita Xiaomi smartfonining narxlari tushirildi.

Shunday qilib, tezkor/ichki xotirasi 8/256 gigabaytlik Redmi K20 Pro (sotib olish) smartfoni 42 dollarga arzonlashib, narxi 380 dollargacha tushdi. Xiaomi CC9 (xarid qilish) esa 14 dollarga arzonlashdi – endi uni 240 dollarga olsa bo‘ladi. Redmi K20 modelining 6/128 gigabaytlik varianti esa 28 dollarga arzonlashib, 253 dollardan sotilmoqda. Va nihoyat, 6/64 gigabaytlik Redmi Note 7 narxi ham 14 dollarga pasaytirildi – uni endi 155 dollarga olish mumkin.

Yuqoridagi barcha arzonlashtirishlar Xiaomi Mall rasmiy do‘konida, muddatsiz tarzda amal qiladi. O‘zimizda esa, aksariyat Xiaomi telefonlarini atigi 670 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoniyati mavjud.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 4 haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.