Xiaomi'ning navbatdagi Ultra smartfoni global bozorga chiqariladi

Xiaomi'ning navbatdagi Ultra smartfoni global bozorga chiqariladi

Garchi Xiaomi butun dunyo bo'ylab tanilgan smartfon brendi bo'lsa ham, kompaniyaning asosiy biznesi uning ona vatani, Xitoyda joylashgan. Ba'zan, Xiaomi o'zining ayrim smartfonlarini global bozor, xususan, AQSh, Yevropa, Hindiston va boshqalar uchun chiqarsa, ba'zilarini faqat Xitoy uchun eksklyuziv qilib chiqaradi. Shulardan biri, kompaniya o'tgan oyda taqdim qilgan Xiaomi 12S seriyasi bo'lib, ushbu qatordagi Xiaomi 12S Ultra modeli kompaniya ishlab chiqargan eng zo'r flagmanlarning biri bo'ldi. Biroq, biroz avval aytilganidek, uni faqat Xitoyda sotib olish mumkin.

Endilikda kompaniya rahbari Ley Jun o'zining rasmiy Twitter sahifasida ma'lum qilishicha, Xiaomi'ning navbatdagi Ultra smartfoni butunjahon bozoriga chiqariladi. Afsuski, "navbatdagi Ultra" model Xiaomi 12S Ultra'ning to'g'ridan-to'g'ri davomchisi bo'ladimi yoki global bozor uchun maxsus tayyorlanadigan Xiaomi 12S Ultra modeli bo'ladimi, bunisi hozircha noma'lum. Bundan tashqari, mish-mishlar Xiaomi 13 Ultra smartfoni joriy yilning to'rtinchi choragida chiqarilishi kutilayotgan Xiaomi 13 seriyasi bilan taqdim qilinishi ham mumkinligini ta'kidlaydi.  

Aytish kerakki, Xiaomi 12S qatoridagi Ultra model o'zining 6.73 dyuymli LTPO 2.0, AMOLED, 120 gerts yangilanish tezligiga ega 2K rezolyutsiyadagi displeyi, Snapdragon 8+ Gen 1 chipseti, 12 GB operativ va 512 GB doimiy xotirasi, 67 Vt tezlikda zaryadlanadigan 4,860 mA/s batareyasi va shu bilan birga, Sony'ning 1 dyuymli IMX989 sensori (50 MP) bilan ta'minlangan asosiy kamerasi va unga qo'shimcha ikki Leica kameralari bilan Xiaomi'ning eng yaxshi smartfonlaridan biri bo'ldi.

Xiaomi 13 Ultra haqida gapiradigan bo'lsak, kompaniya uni Snapdragon 8 Gen 2 chipseti Xiaomi 13 qatorida chiqarishi mumkin. Xiaomi 13 qatori esa o'tgan yilga qaraganda biroz avvalroq, noyabr oyi oxirlari yoki dekabr boshida taqdim qilishi kutilmoqda.

O'QING: "Far Out" taqdimotidan oldin Apple o‘zining AR/VR qurilmalari uchun savdo belgisi arizalarini topshirgani ma’lum bo‘ldi