Xiaomi'ning Redmi Note 7 smartfonlari 129 kun ichida 10 millionlik dovonni zabt etdi!

Xiaomi'ning Redmi Note 7 smartfonlari 129 kun ichida 10 millionlik dovonni zabt etdi!

Bugun “Xitoycha Apple” va uning bosh direktori Ley Szun (Lei Jun) Redmi Note 7 turkumidagi smartfonlar dunyo bo‘ylab 10 milliondan ortiq sotilganini ma’lum qildi. Ushbu natijaga erishish uchun kompaniyaga atigi 129 kun yetarli bo‘ldi.

O‘QING: Terashop.uz’da barcha Xiaomi smartfonlari arzonlashdi – narxlari bilan tanishing! (2019 yil 23 may)

Xiaomi'dagilar ushbu natijani katta tort atrofida nishonlashdi. “Redmi Note 7'ning bunday natijaga erishishi, Xiaomi'ning o‘z an’analariga sodiq qolgan holda, yuqori darajadagi sifat va narh borasida to‘g‘ri siyosat yuritayotganligini isbotlaydi”, deya aytib o‘tdi Ley Szun. Shuningdek, kompaniya bosh direktori Redmi turkumidagi ikki yangi smartfon – K20 va K20 Pro'ning ertagalik namoyishi haqida ham eslatib o‘tgan.

O‘QING: Xiaomi arzon Redmi 7A smartfonini rasman namoyish etdi

Eslatib o‘tamiz, Redmi Note 7 turkumi ayni damda uch modeldan tashkil topgan. Bular – Redmi Note 7, Redmi Note 7S i Redmi Note 7 Pro.

Shu yoki boshqa ishlab chiqaruvchining smartfonini ishlatayotganingizdan qat’i nazar, biz sizga omadingizni sinab ko‘rishni taklif qilamiz! Ayni damda 2 iyunga qadar sizda ushbu kompaniyaning ajoyib fitnes-brasleti – Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib, ushbu video ostiga izoh yozib, «Yoqdi» tugmachasiga bossangiz kifoya. G‘olib esa saytimizning Facebook-sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi!

Bu haqdagi batafsil ma’lumotni mana bu yerda olishingiz mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da barcha Xiaomi smartfonlari arzonlashdi – narxlari bilan tanishing! (2019 yil 23 may)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.