Xiaomi’ning sakkiz yildan beri ishlayotgan eng birinchi smartfonini Redmi K20 Pro’da suratga olib ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  2041
  •  16.05.2019 10:11

Xiaomi’ning sakkiz yildan beri ishlayotgan eng birinchi smartfonini Redmi K20 Pro’da suratga olib ko‘rsatishdi!

«Xitoycha Apple» hali taqdim etilmagan Redmi K20 Pro flagmanining turli jihatlarini aytib maqtanishdan charchamayapti. Yaqindagina uning samaradorligi kompaniya vitse-prezidentini cho‘chitib yuborgani aytilgan edi.

O‘QING: Nihoyat, Redmi flagmanlari nomini Xiaomi rasman aytdi: ular «Qotil» ekan! (+narxi)

Kecha esa Xiaomi top-menejeri Sun Chansyuy (Sun Changxu) bir o‘q bilan ikki quyonni urdi. Ya’ni, ubarchani qiziqtirayotgan Redmi K20 Pro kamerasi orqali kompaniyaning eng birinchi smartfonini suratga tushirib, rasmlarini e’lon qildi.

Xabarlarga ko‘ra, Sun Chansyuy ikki yashar qizaloqning qo‘lida kompaniyaning ilk smartfoni – Xiaomi Mi 1 modelini ko‘rib qolgan. Buni qarangki, 2011 yilda ishlab chiqarilgan mazkur qurilma haliyam ishlayotgan ekan! Top-menejer bundan ilhomlanib ketib, darhol kompaniyaning eng eski smartfonini eng yangi smartfonida rasmga tushirgan.

Xiaomi top-menejerining ta’kidlashicha, qizcha bu smartfonni suratga olish va video ko‘rish uchun ishlatayotgan ekan.

«Kushanda» nomini olgan Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro smartfonlari, shuningdek, brendning ilk noutbuki – RedmiBook 14 tez orada taqdim etiladi. Shu kungacha bozorga chiqqan ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa allaqachon 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Redmi 7, Mi Play va Redmi Note 7 arzonlashdi! Terashop.uz’da Xiaomi smartfonlari narxlari (2019 yil 13 may)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!