Xiaomi'ning sof foydasi uchinchi chorakda 25% ga oshdi

Xiaomi'ning sof foydasi uchinchi chorakda 25% ga oshdi

Xiaomi Group uchinchi chorakdagi hisobotlarni e’lon qildi. Kompaniya erishgan natijalar havas qilarli darajada. Bugunga kelib, faol MIUI foydalanuvchilari 500 millionga yetdi. Shuningdek, Xiaomi Xitoy televizor bozorida birinchi raqamli brend bo‘lib turibdi. 

O‘QING: Xiaomi 12'ning kameralari haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Smartfonlar dunyosida komponentlar yetishmasligiga qaramay, kompaniya 43.9 million dona smartfon ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘ldi, bu yiliga 4.4% ga o‘sish deganidir. 

2021 yilning uchinchi choragidagi umumiy daromad 78.1 milliard yuanni tashkil etdi, smartfonlar savdosidan olingan daromad esa umumiy daromadning 61% (yoki 47.8 milliard yuan) ga to‘g‘ri keladi. Yillik o‘sish 8.2% ni, sof foyda esa 5.2 mlrd yuanni tashkil etadi. Bu 2020 yilning uchinchi choragidagi daromadga nisbatan 25.4% ga ko‘p demakdir. 

Xiaomi ma’lumotlariga ko‘ra, yetkazib berilgan umumiy smartfonlarning 18 millioni premium toifaga tegishli. Xitoyda 3000 yuan, xalqaro bozorda esa 300 yevrodan qimmat bo‘lgan smartfonlarni kompaniya premium toifaga tegishli deb hisoblaydi. 

Xitoylik texnogigant 11 ta bozorda eng ko‘p smartfon sotgan kompaniya bo‘ldi, shuningdek, u 59 ta mintaqada eng ko‘p smartfon sotgan kompaniyalar top beshligiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ushbu natijalar kompaniyaning bozor ulushini 13.5% va oshirdi. Shunday qilib, Xiaomi smartfon yetkazib berish bo‘yicha dunyoning uchinchi raqamli kompaniyasiga aylandi (Samsung va Apple'dan keyin). 

O‘QING: Xiaomi kompaniyasi kichik hajmdagi Xiaomi 12X smartfonini taqdim etmoqchi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!