Xiaomi’ning teshik ekranli ilk smartfoni – Mi CC9e xususiyatlari bilan tanishamiz!

  •   DiMaX
  •  1363
  •  14.06.2019 11:14

Xiaomi’ning teshik ekranli ilk smartfoni – Mi CC9e xususiyatlari bilan tanishamiz!

«Xitoycha Apple» mahalliy bozoriga taqdim etilgan hamyonbop Redmi K20 modelining global versiyasi – Mi 9T smartfonini kuni kecha rasman namoyish etgan edi. Hali uning savdosi boshlanmay turib, flagmanlar turkumiga mansub yana bir yangi qurilma haqida ma’lumot chiqdi.

O‘QING: Xiaomi bitta quvvat bilan 100 kungacha ishlovchi «aqlli» gadjetini taqdim etdi!

Xiaomi Mi CC9e nomli ushbu smartfonning model raqami M1904F3BC/T bo‘lib, u Snapdragon 710 yoki Snapdragon 712 protsessori bazasiga qurilgan. Slashleaks resursini chop etgan skrinshotda uning asosiy xususiyatlari aks ettirilgan:

Xitoycha yozuvlarga ko‘ra, Mi CC9e diagonaliga 6,3 dyuymlik IPS-displeyga ega. Tasvir aniqligi Full HD+ formatida bo‘lgan displeyda selfi-kamera uchun tirqish ochilgan. Bu – mazkur kompaniyaning teshik ekranga ega birinchi devaysi bo‘ladi. Old kamera datchigi 32 megapiksellik ekaniga qaraganda, Xiaomi bu qurilmasini selfifon sifatida taqdim etmoqchi.

O‘QING: Nihoyat, juda uzoq kutilgan Mi Band 4 taqdim etildi!

Xiaomi Mi CC9e orqa paneli 3D-shisha bilan qoplangan bo‘lishi mumkin, barmoq izi datchigi ham shu yerga joylangan. Asosiy kamera uchta – 48, 8 va 13 megapiksellik sensorlarni o‘z ichiga oladi. Smartfon akkumulyatori 3300 mA/soatlik tok sig‘imiga ega. Yangi smartfon jamlanmasiga kiritilgan, model raqami MDY-10-EC bo‘lgan zaryadchik esa 18 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvatlay oladi.

Ushbu gadjet qachon namoyish etilishi va narxi haqida hozircha biror ma’lumot yo‘q, ehtimol, bozorga u boshqacharoq nom bilan chiqarilar. Bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda esa turli rusumlardagi Xiaomi telefonlarini atigi 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin. Ulardan aksariyatining narxlari ancha pasaytirilgan, shuningdek, to‘lov borasida yangi imkoniyatlar ham paydo bo‘lgan...

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini endi pul o‘tkazish (perechisleniye) yo‘li bilan ham olishingiz mumkin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!