Xiaomi Mi A2 Lite'ga kelgan yangilanish smartfonni «g‘isht»ga aylantirdi

Xiaomi Mi A2 Lite'ga kelgan yangilanish smartfonni «g‘isht»ga aylantirdi

Bir necha kun oldin, Xiaomi Android'da ishlaydigan arzon smartfonlari uchun Android 10'ni chiqardi, ammo bundan ba’zi foydalanuvchilar jiddiy muammoga duch kelishdi. Aftidan, bu kompaniyaning dasturiy ta’minot bilan bog‘liq bo‘lgan navbatdagi muammosi.

Avvalroq, Xiaomi Mi A3 uchun Android 10 chiqargandi, ammo smartfon ishida muammolarga sabab bo‘lgan xatolar va kamchiliklar tufayli uni darhol qaytarib olgan edi. O‘tgan hafta, kompaniya Xiaomi Mi 10 uchun yangilanish yuborishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi, bunga flagmanda tizim yuklanishi susayib qolganligi sabab bo‘ldi.

Xiaomi Mi A2 Lite uchun Android 10'gacha chiqarilgan yangilanish smartfonning “g‘isht“ga aylanishiga sabab bo‘ldi. Bir qator foydalanuvchilar, yangilanishni o‘rnatgandan so‘ng, qurilma yoqilmagan. To‘g‘ri, yangilanishni hech qanday muammosiz o‘rnatishga muvaffaq bo‘lganlar ham bor.

Hozircha Xiaomi muammo mavjudligi haqida izoh bermayapti. Muammoning tezda bartaraf etilishiga ishonish qiyin. Shu sababli, hali smartfoniga yangilanish kelmagan Xiaomi Mi A2 Lite egalariga to‘g‘rilangan yangilanish chiqarilmaguncha ushbu protsedurani kechiktirib turishni maslahat beramiz.

O‘QING: Nihoyat, Redmi Note 9 Pro Max taqdim etildi – narx va jihatlari bilan tanishamiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!