Xiaomi’ning uzoq kutilgan flagmani shunchaki klon bo‘lib chiqdi!

  •   DiMaX
  •  520
  •  26.03.2020 14:52

Xiaomi’ning uzoq kutilgan flagmani shunchaki klon bo‘lib chiqdi!

Xiaomi korporatsiyasi avvalroq Pocophone’ni mustaqil brend tarzida ajratgan va uning ikkinchi smartfonini taqdim etgan edi. Mazkur arzon qurilma Pocophone X2 (Poco X2) deb nomlangan, ammo brendning flagmani hali oldinda.

O‘QING: «JONLI» VIDEO: Xiaomi sir tutsa ham, Pocophone F2 arzon flagmanini qadog‘idan olib ishlatib ko‘ramiz!

Gapning qisqasi, yangi brendning bu yilgi flagmani Pocophone F2 (yoki Poco F2) nomi ostida chiqishi kutilmoqda. Kompaniyaning Hindiston bo‘linmasi bosh menejeri Menmohan Chandolu uning mart oyida namoyish qilinishini aytgan, ammo hali-hanuz taqdimot sanasi borasida rasmiy ma’lumot yo‘q.

Bu orada esa XDA Developers dasturchilari Xiaomi muxlislarini xursand qilmaydigan bir ma’lumotni aniqlashdi. Ya’ni, anchadan beri kutilayotgan Poco F2 flagmani shunchaki yaqinda taqdim qilingan smartfon – Redmi K30 Pro modelining Hindiston bozori uchun qayta nomlangan kloni ekan!

O‘QING: Qarshi oling: naq 98 dyuymli Redmi Max 98 gigant televizori taqdim qilindi

Pocophone F2’ning original smartfon emasligini dasturchilar MIUI grafik qobig‘ining yangi talqini kodlaridan aniqlashgan. Ma’lum bo‘lishicha, unda Redmi K30 Pro smartfonining lmiin kodli nomi ostidagi yangi versiyasi «Shot on Poco Phone» yozuvi «suvli belgi»ga ega.

Aytish kerakki, Redmi brendi ostida taqdim etilgan smartfonlarning qayta nomlangan holda Poco brendi bilan chiqarilishi – Xiaomi uchun yangilik emas. Hindiston bozori uchun chiqarilgan Poco X2 ham aslida Redmi K30 4G modelining rebrending qilingan versiyasidir.

O‘QING: To‘rtta modeldagi Xiaomi va Redmi smartfonlari egalariga noxush xabar bor

Terabayt.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.