Xiaomi’ning yangi flagmani hatto bulturgi Mi 10 Pro va Mi 10 Ultra’larga ham yeta olmadi!

  •   DiMaX
  •  1049
  •  17.04.2021 11:07

Xiaomi’ning yangi flagmani hatto bulturgi Mi 10 Pro va Mi 10 Ultra’larga ham yeta olmadi!

29 martdagi mega-taqdimotida  Xiaomi kompaniyasi Mi 11 Ultra premium-flagmanini namoyish etgan. Mazkur model allaqachon DxOMark reytingida birinchi o‘ringa chiqib ham ulgurgan. Lekin  o‘sha marosimda namoyish qilingan standart Xiaomi Mi 11 flagmani bu borada ancha orqada ekan.

O‘QING: Global versiyali Xiaomi Mi 11 taqdim etildi: narxlari va videolari

DxOMark laboratoriyasi Xiaomi Mi 11 bosh kamerasini sinab ko‘rib, natijalarini e’lon qilishdi, ammo bunaqa bo‘lishini ekspertlarning o‘zlari ham kutmagan bo‘lsa kerak. Chunki u umumiy 120 ball bilan bu reytingda atigi 22-o‘rinni oldi!

Aytish kerakki, Xiaomi Mi 11 modeli 108 megapiksellik asosiy sensorga ega bo‘lgan bosh kamerasi bilan Google Pixel 5 smartfoni bilan bir xil ball to‘plagan. Qidiruv gigantining bu flagmani bor-yo‘g‘i 12 va 16 megapiksellik qo‘shaloq kameraga ega, xolos.

O‘QING: Xiaomi Mi 10S taqdim etildi va allaqachon DxOMark reytingida yetakchiga aylandi!

Shunisi qiziqki, ayni shu Xiaomi kompaniyasining oldingi avlod – Mi 10 Pro hamda Mi 10 Ultra smartfonlari ham bu yilgi flagmandan ancha baland – tegishlicha 9 va 4-pog‘onalarda turibdi!

Xiaomi Mi 11 bosh kamerasi fotosurat olish bo‘yicha 127 ball, zum imkoniyatiga ko‘ra 59 ball va video tasvirga tushirish borasida 107 ballik ko‘rsatkichlar namoyon etgan. Uni tekshirish tafsilotlariga qiziqadiganlar mana bu havola orqali DxOMark saytidagi (inglizcha) sahifaga o‘tishlari mumkin.

O‘QING: Xiaomi Mi 11'ning texnik jihatlari bilan tanishamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.