Xiaomi'ning yangi planshetlari haqida ma’lumotlar oshkor bo‘ldi

Xiaomi'ning yangi planshetlari haqida ma’lumotlar oshkor bo‘ldi

Internet tarmoqlarida yangi Xiaomi Mi Pad 5 plansheti haqida xabarlar tarqalgan edi. Endi FCC ro‘yhati ushbu planshet haqiqatdan ham mavjud ekanligini tasdiqladi.

O‘QING: Ikkita Xiaomi smartfoni MIUI 12.5'ga o‘tishni boshladi

21051182G model raqamiga ega bo‘lgan Xiaomi planshetiga oid yangi ma’lumotlar qurilma MIUI 12.5 dasturiy ta’minotda ishlashi, 22.5 vattda quvvat olishi hamda ikki tarmoqli Wi-Fi imkoniyatiga egaligini o‘z ichiga oladi.

5G tarmog‘i hamda Snapdragon 870 chipiga ega bo‘lishi kutilyotgan Mi Pad 5 Pro haqida o‘tgan hafta xabarlar tarqalgan edi. Ushbu talqin 11 dyuymli LCD displeyiga ega bo‘lib, 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Displey rezolyutsiyasi 2,560x1,600 pikselni tashkil qiladi.

Ekran, shuningdek, Mi Pad stilus uchun qulay bo‘lgan 4.096 bosimni qo‘llab-quvvatlaydi.

Mi Pad 5 plansheti esa MediaTek Dimensity 1200 chipi hamda 8,250 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanishi kutilmoqda.

CNIPA ro‘yhatida, shuningdek, planshetlar uchun maxsus klaviatura ham chiqishi aytib o‘tilgan. Yangi Mi Pad'lar shu oyning oxirida taqdim etilishi rejalashtirilgan.

O‘QING: Xiaomi endi Apple'ni ham ortda qoldirib, Samsung'ga raxna solmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!