Xiaomi’ning yangi rekordi: bu gal Mi 10 Pro flagmani!

  •   DiMaX
  •  2063
  •  18.02.2020 09:41

Xiaomi’ning yangi rekordi: bu gal Mi 10 Pro flagmani!

«Xitoycha Apple» yaqinda Xiaomi Mi 10 flagmanining ilk partiyasini bir daqiqadayoq sotib tugatgan edi. Bugun – 18 fevralda sotuvga chiqqan Xiaomi Mi 10 Pro esa ushbu rekordni yangiladi.

O‘QING: Boshlandi: Xiaomi ommabop Redmi smartfonini qimmatlashtirdi

Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi Xiaomi rasmiy sahifasida ma’lum qilinishicha, Xiaomi Mi 10 Pro flagmanining birinchi partiyasi yanada tez – bor-yo‘g‘i 55 soniyadayoq sotib bo‘lingan. Barcha savdo maydonchalari orqali uning savdosidan tushgan umumiy mablag‘ esa 28,6 million dollarni tashkil etgan.

14 fevral kuni bir daqiqada sotib tugatilgan Xiaomi Mi 10 qurilmasining ilk partiyasi ham taxminan shuncha pulga ketgan, lekin unda partiyaning taxminiy hajmi 50 mingta smartfonni tashkil etgan edi. Xiaomi Mi 10 Pro modelining standart flagmandan qimmatroq ekanligini hisobga olsak, uning ilk partiyasida taxminan 40 mingta smartfon sotilganini taxmin qilish mumkin.

O‘QING: «O‘yin boshlandi» – AnTuTu’ning yangi qiroli Xiaomi Mi 10’ni tor-mor etmoqchi!