Xit o‘yinni PlayStation yoki kompyuterga 22 fevralgacha olib qo‘yib, bir umr bepul o‘ynang!

  •   DiMaX
  •  514
  •  10.02.2021 12:45

Xit o‘yinni PlayStation yoki kompyuterga 22 fevralgacha olib qo‘yib, bir umr bepul o‘ynang!

We Were Here turkumiga uchta o‘yin kiradi – originalidan tashqari We Were Here Too hamda We Were Here Together. Uni ishlab chiqqan TMG Studios B.V. studiyasi o‘yinni tarqatishning zo‘r yo‘lini topdi: birinchi qismini tekinga beryapti – unga qiziqqanlar keyingilarini sotib olishadi.

O‘QING: 11 fevralgacha g‘ayrioddiy strategiya va shuter o‘yinlarni olib qo‘yib, bir umr bepul o‘ynang!

Original We Were Here o‘yiniga Steam foydalanuvchilari 14 500 dan ortiq taqriz yozishgan, natijada uning reytingi 92 foizga yetgan. Uning davomchilari – We Were Here Too va We Were Here Together salgina pastroq – 88 foizga baholangan, lekin buyam yaxshi ko‘rsatkich.

Xullasi kalom, PlayStation Store do‘konida We Were Here relizi bo‘lib o‘tdi va ishlab chiquvchi uni vaqtincha bepul tarqatyapti. Ya’ni, PlayStation 4 hamda PlayStation 5 egalari ushbu havola orqali o‘tib, bu o‘yinni mutlaqo bepul olib qo‘yishlari mumkin.

O‘QING: 2020 yilda PlayStation 4 va PlayStation 5’larga eng ko‘p yuklangan o‘yinlar

Kompyuterda o‘ynovchilar ham We Were Here o‘yinidan bepul bahra olishlari mumkin – buning uchun uni Steam onlayn platformasiga bepul chiqarishgan. Mana bu havola orqali uni teppa-tekinga olib qo‘yish mumkin, ma’qul tushsa – We Were Here Too hamda We Were Here Together qismlarini sotib olasiz.

Aytish kerakki, PlayStation 4 yoki PlayStation 5 konsollariga ham, Steam orqali kompyuterlarga ham bu o‘yinni bepul olish imkoni faqat 22 fevralgacha taqdim etilmoqda. Biroq shungacha uni o‘z o‘yin kutubxonangizga qo‘shib qo‘ysangiz, keyin bir umr tekinga o‘ynayverasiz. 23 fevraldan esa uning qolgan qismlari ham chiqadi va ularni xarid qilish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Boylar ham o‘ynaydi: Ilon Maskning sevimli videoo‘yinlari qaysilar?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!