Xitoy Apple’dan oldinda: Airpods naushnikining nusxasi sotuvga chiqarildi :)

Xitoy Apple’dan oldinda: Airpods naushnikining nusxasi sotuvga chiqarildi :)

Shu yilning sentyabr oyida iPhone 7 taqdimotida e’lon qilingan Apple’ning Airpods nomli simsiz naushniklarini ishlab chiqarish, avvalroq berilgan xabarlarga ko‘ra, dekabr oyida boshlanadi, sotuvga esa 2017 yilda chiqarilishi rejalashtirilgan. Hali Apple mazkur naushniklarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yishga ulgurmasdan, Xitoyning Dacom firmasi ushbu simsiz naushniklarning nusxasini sotuvga chiqardi.

Ferra saytining yozishicha, xitoylik naushniklarga Dacom 7S X1 nomi berilgan bo‘lib, u smartfonga Bluetooth orqali ulanadi. Musiqani 20 metr radiusda tinglash mumkin. Gadjetning avtonom ishlash vaqti bitta zaryadlashdan keyin 6 kunni tashkil etadi. Naushniklar orqali qo‘ng‘iroqlarga ham javob bersa bo‘ladi. Biroq xitoylik nusxa original Airpods naushniklarining boshqa funksiyalarini (avtomatik pauza, trekni boshlash) qo‘llab-quvvatlamaydi.

Gadjetning narxi 18 dollardan 43 dollargacha, asl Airpods naushniklarining narxi esa 159 dollar. Ko‘rinib turganidek, xitoylik nusxaning narxi Apple naushnikidan bir necha marta arzon.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!