Xitoy «supersmartfon»iga qisqa vaqtda 10 mln.dan ortiq buyurtma

Xitoy «supersmartfon»iga qisqa vaqtda 10 mln.dan ortiq buyurtma

   LeTV korporatsiyasi tomonidan o‘tgan haftada jamoatchilikka taqdim etilgan Le1S flagmani qisqa vaqt ichida qiziquvchilardan rekord darajadagi buyurtmalarni qabul qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur buyurtmalar amalga oshadigan bo‘lsa, xitoy kompaniyasi $1,91 mlrd daromad qilishi mumkin.

   Ma’lumotlarga ko‘ra, 3 noyabrga qadar 3 mln dona buyurtma sotishni rejalashtirgandi. Biroq, amalda bu ko‘rsatgich 11 mln.ga yetgan, deb yozadi Onliner media-resursi GizChina`ga tayanib.

   Ikki simkartali Le 1S smartfoning korpusi metalldan bo‘lib, 5,5 dyuym dioganal IPS-displey (ko‘rsatish qobiliyati 1920×1080 piksel), 8 yadroli MediaTek Helio x10 protsessori, 3 GB operativ, 32 GB o‘rnatma xotira, barmoq skaneri, USB Type-C port, 13 Mp asosiy kamera bilan ta’minlangan. Shunday yaxshi ko‘rsatkich bilan apparatning bahosi bor yo‘g‘i $175 dollar.

   Telefon batareyasining quvvati 3000 mAs. MediaTek SpeedVolt texnologiyasi ko‘magi bilan atigi besh daqiqada olingan quvvat bilan uch yarim soat telefonda muloqot qilish mumkin. Shuningdek, smartfon tarmoqda LTEni qo‘llay oladi va Android 5 operatsion tizimida ishlaydi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.