Xitoy yangi superkompyuter ishlab chiqaradi

Xitoy yangi superkompyuter ishlab chiqaradi

Xitoy Milliy superkompyuter markazi axborot berishiga qaraganda, yangi o‘ta zamonaviy kompyuter yaratilishiga oz fursat qoldi. Aytilishicha, 2017 yilda taqdim etiladigan prototip soniyada bir kvintilliondan (o‘n sakkizta nolli miqdor) ortiq amalni bajarishga qodir. Mazkur kompyuter yangi erani boshlab beradi. Ekspertlar ta’kidlashicha, u Xitoyning Tyanxe-1A nomli boshqa superkompyuteridan ming barobar kuchliroq bo‘ladi.

2010 yilda Tyanxe-1 dunyoning eng qudratli kompyuteri sanalgan. 2013 yilda esa Tyanxe-2 yaratilgan bo‘lib, hozirgacha dunyoning eng kuchli kompyuteri mavqeida turibdi. Ish unumdorligi soniyasiga 54,9 kvadrillion (o‘n beshta nolli miqdor) amalni tashkil qiladi.