«Xitoycha Galaxy S8» jahon bozorida sotilmoqda

«Xitoycha Galaxy S8» jahon bozorida sotilmoqda

Yangi brend uchun bozorda muvaffaqiyat qozonishning muhim omili narx-navo siyosatida xaridorga yon bosish ekani aniq. Biroq, so‘nggi vaqtlarda ba’zi bir yosh kompaniyalar smartfonlarga qo‘yayotgan narx-navo aqlbovar qilmas darajada arzon. Yoki yirik brendlar shu vaqtga qadar insofsizlik bilan narx qo‘yishgan

Xitoyning Bluboo kompaniyasi yap-yangi S8 smartfonini rasman taqdim qildi. Uning bosh o‘ziga xosligi -- Sharp "ijodi"ga mansub, tomonlar nisbati 18:9 ga teng bo‘lgan romsiz displey hamda g‘ayrioddiy narx. Ishlab chiqaruvchi taqdimot chog‘ida smartfonini o‘ylab ham o‘tirmasdan Galaxy S8 bilan tenglashtirdi.

Samsung Galaxy S8'ga raqibmi yoki yo‘q?

Bluboo S8 gadjeti 5,7 dyuymli romdan xoli displeyga ega bo‘lgan. Uning piksellar sig‘imi 720x1440 belgiga teng. Ya’ni, bu borada o‘zi taqlid qilgan smartfondan 2 barobar orqada. 5,8 dyuymli Samsung Galaxy S8 ekrani 4K sig‘imli (2960×1440 belgi).

Bluboo S8 smartfonida MediaTek MT6750T chipidan foydalanilgan. Uning chastota tezligi 1,5 GGs. Grafik-tasvirlarni Mali-T860 MP2 videokartasi qayta ishlaydi. Smartfondagi tezkor xotira 3 GB, doimiy xotira 32 GB. MicroSD bo‘lmachasiga 256 gigabaytgacha bo‘lgan xotira kartasini qo‘yish mumkin.

Galaxy S8’ning xalqaro talqinida 10 nanometrli, jahonning hozircha eng kuchli chiplaridan biri bo‘lgan Samsung Exynos 8895 protsessoridan foydalanilgan. Uning chastota tezligi 2,35 GGs.gacha yetadi.

Bluboo S8 old panelining  83% qismi ekrandan iborat. Old shisha panel qayrilma uslubda yonga yotqizib ishlangan. Smartfon qora, tilla va ko‘k rangli korpuslarda ishlab chiqarilmoqda. Bluboo S8 qadog‘ida qo‘shimcha himoya g‘ilofi ham taqdim qilinadi.

Shuningdek, gadjetga qo‘sh ob’yektivli bosh kamera o‘rnatilgan. Sony sensorlaridan birining sig‘imi 13, boshqasi 3 megapikselli. Qo‘shimcha modul ob’yektni yaqinlashtirish va orqa fonni g‘ira-shira qilib olish funksiyasiga ega.  Old kamera sig‘imi 5 Mp.

Yana bir ahamiyatli jihati -- Bluboo S8 ilg‘or Android 7.0 Nougat operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi. Undagi 360 Safety dasturi tizimni viruslardan himoya qiladi.

Bluboo S8 quvvati uchun tok sig‘imi 3 450 mA soat bo‘lgan akkumulyator mas’ul.

Bu telefon apparati jahon smartfon bozoriga 1 avgustdan $149.99 dollar bahosida sotuvga chiqariladi. Bu imtiyozli narx. 14 avgustdan smartfon $30 dollarga qimmatlashadi. Shuningdek, kompaniya bonus sifatida Bluboo S8'ga qo‘shib 50 dollarlik maxsus Dacom quloqchinini ham sovg‘a qilmoqda.