Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan “qo‘sh ko‘z” kamerali smartfonlar reytingi e’lon qilindi

Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan “qo‘sh ko‘z” kamerali smartfonlar reytingi e’lon qilindi

Bu yil chinakamiga qo‘sh ob’yektivli bosh kameralar yili bo‘ladi. Hattoki, bugun ba’zi bir hamyonbop smartfonlarga ham qo‘sh modulli bosh kameralar o‘rnatilmoqda. Ayni paytda jahonning yirik smartfon bozori hisoblangan Xitoyda ham shunday jihatga ega mobil aloqa vositalariga ehtiyoj yuqori.

Bunday turdagi smartfonlarni sotishda esa Huawei kompaniyasi P9, Mate hamda Honor turkumlariga kiruvchi smartfonlari bilan yetakchilik qilmoqda.
2017 yilning I choragida Xitoyda sotilgan jami “aqlli telefon”larning 3.2 foizini qo‘sh ob’yektivli bosh kameraga ega telefon apparatlari tashkil qiladi. Eng yaxshi sotilayotgan qo‘sh kamerali 10 ta smartfon modellarining 9 tasi Huawei’ning mobil aloqa vositalaridir.

Eng ko‘p sotilayotgan 15 ta qo‘sh ob’yektivli bosh kameraga ega smartfon modellari:

Jumladan, IT-bozorida Huawei P9 eng ommalashgan qo‘sh modulli smartfon ekan. Undan keyin Huawei Mate 9, Honor 8, Honor Play 6X, Honor V8, Huawei P9 Plus, Huawei Mate 9 Pro kabi “qo‘sh ko‘zli” devayslar o‘rin egallagan. Xiaomi’ning 5S Plus gadjeti 8-o‘rin bilan “eng yaxshi sotilayotgan o‘nlik”da Huawei bo‘lmagan yagona modeldir. Hattoki, Apple’ning iPhone 7 Plus smartfoni ham bu “top-10″talikka kira olmagan.

Joriy yilda taqdim qilingan Huawei P10 / P10 Plus kabi qo‘sh sensorli bosh kameraga ega gadjetlar bois Huawei’ning bu yo‘nalishdagi muvaffaqiyatlari yil mobaynida yanada mustahkamlanishi kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.