Xitoyda Snapdragon 835 chipiga ega smartfon $266 dollarga baholandi

Xitoyda Snapdragon 835 chipiga ega smartfon $266 dollarga baholandi

2017 yilning aprelida Xitoyning yosh UMIDIGI smartfon ishlab chiqaruvchisi Crystal i Crystal Pro nomli ramkasiz smartfon ishlab chiqarishi to‘g‘risida ma’lum qilgan edi. Ilk romsiz telefon — Xiaomi Mi MIX’ni eslatib yuboradi. Ishlab chiqaruvchi uni jahondagi ilk karkassiz yoki sinchsiz to‘liq metalli dizaynda ishlab chiqarilgan “aqlli telefon” ekanini aytmoqda.

5 dyuymli HD ekran Corning Gorilla Glass 4 himoya shishasi bilan qoplangan. Ekran quyisidan barmoq izlari skaneri o‘rin olgan. Smartfonlar Android 7.0 operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.

Gadjetning bosh kamerasi 8 MP, old kamera sig‘imi esa 2 MP. Smartfonning akkumulyator sig‘imi 2000 mA soat.

4G LTE aloqa tarmog‘ida ishlaydigan UMIDIGI Crystal smartfonining bazaviy talqinida 1,3 GGs chastota tezligida ishlaydigan 4 yadroli protsessor o‘rnatiladi. Ular uchun 2 gigabaytli tezkor va 16 GB doimiy xotira tanlangan. microSD orqali uning xotirasini 256 GB.gacha oshirish mumkin. Smartfon $99 dollardan boshlab sotilmoqda.

Crystal Plus talqini esa 2.3 Ggs chastota tezligida ishlaydigan Helio P20 chipi, 6 Gb tezkor va 2 ta sensorli bosh kamera bilan ta’minlangan. Smartfon internet do‘konlarida $266 dollardan sotilmoqda. Ishlab chiqaruvchi uning jahoning eng kuchli Snapdragon 835 protsessori (6/128 GB xotira)ga ega talqini ham tayyorlamoqda. Smartfonlar haqida batafsil UMIDIGI saytida bilib oling.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!