Xitoyda sud jarayoni ilk bor internet-messendjerda o‘tkazildi

Xitoyda sud jarayoni ilk bor internet-messendjerda o‘tkazildi

Xitoyning  Xenan provinsiyasida ilk bor sud jarayoni mamlakatdagi eng ommabop internet-messenjer WeChat`da bo‘lib o‘tdi. China Daily nashri ma’lumotlariga ko‘ra, messenjerda sudyalar va olisdagi advokatlar o‘zaro muloqot olib borishgan.

Xitoyliklar birinchi bo‘ldi

Aytish kerakki, sud jarayonlarining internet yoki messenjer yordamida o‘tkazilishi tarixda birinchi bor Xenan provinsiyasining Chjenchjou shahrida sodir bo‘ldi. Bu ham o‘ziga xos tarixiy tajribaga aylandi.

Nega messendjerdan foydalanildi?

China Daily`da yozilishicha, We Chat messenjeridan uzoq shaharda yashovchi sudya va advokatlar uchun muloqot vositasi sifatida foydalanilgan. Guvohlik chatdagi ovozli yozuvda saqlab olindi va ish materiallariga kiritildi.

Bu yangi tartib ommalashadigan bo‘lsa, xitoy sudlaridagi turli tirbandliklar va ovvoragarchiliklar yanada kamayadi. WeChat platformasi esa tashkiliy ishlar, murakkab jarayonlarni tezlashtirish va osonlashtirish uchun qulay vositaga aylanishi mumkin.

WeChat haqida

WeChat – Xitoydagi eng mashhur messendjer sanaladi. 2015 yilning avgust oyidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, hozirda 650 million nafar odam mazkur messenjerdan foydalanmoqda. O‘tgan yilning oxiridagi internet foydalanuvchilarining Xitoydagi umumiy soni 668 million nafar, deb e’lon qilindi.

An’anaviy chatlardan farqli o‘laroq, xitoy messenjerida o‘zaro muloqotdan tashqari bank operatsiyalaridan tortib, uyga turli yeguliklarni buyurtma qilish xizmatlarigacha mavjud.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!