Xitoylar Vivo V3 Max “plafon”i sirlarini oshkor qildi

Xitoylar Vivo V3 Max “plafon”i sirlarini oshkor qildi

Xitoyning Vivo kompaniyasi o‘ta yupqa smartfonlar bozorida o‘z nomini mashhur qilib ulgurganidan so‘ng bir necha kun davomida quvvatlashga hojat qoldirmaydigan yanada amaliyroq gadjetlarga ko‘proq ahamiyat qaratmoqda. Mart oyi avvalida kompaniya egilgan ekranli Xplay 5 flagman modelini taqdim etgan bo‘lsa, endilikda Xitoyning TENAA sertifikatlash markazi ma’lumotlar bazasida Vivo V3 Max metall uskunasi haqida ayrim tafsilotlar paydo bo‘ldi.

Smartfon 5,5 dyuymli Full HD-displey (1920×1080) va 1,5 GGs chastotali sakkiz yadro bilan ta’minlangan. Vivo V3 Max 3 Gb tezkor va microSD kartochkasi orqali kengayishi mumkin bo‘lgan 32 Gb doimiy xotiraga ega. Ikkala kamerasining imkoniyatlari ma’lum qilinmagan. Operatsion sistema sifatida Android 5.1.1 Lollipop`dan foydalanilgan. Qobig‘i (korpus)ning o‘lchamlari 153.90×77.10×7.58 mm, smartfon vazni esa 168 grammni tashkil etadi.

Vivo V3 Max fableti va Vivo V3 standart modeli yaqin vaqtlar ichida taqdim etiladi. Unga qadar kompaniya o‘z mijozlari ishtiyoqini taqdim etilajak smartfonlarning tizer reklamalari bilan junbushga keltirishda davom etmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!