Xitoyning eng yaxshi 5 ta smartfoni: o‘ziga xosligi va narx-navosi

Xitoyning eng yaxshi 5 ta smartfoni: o‘ziga xosligi va narx-navosi

Xitoy kompaniyalarining oliy toifali smartfonlar bilan bellasha oladigan mobil aloqa qurilmalari ishlab chiqarayotgani bugun sir emas. Shu bilan birga, bu yuqori texnologiyaga ega gadjetlar raqiblarining yarim narxida smartfon bozoriga chiqarilmoqda.

Quyida sizga bugun ommalashib borayotgan, eng yaxshi deb topilgan Xitoy smartfonlarining 5 tasi haqida ma’lumot beramiz.

lenovo vibe-x3

Lenovo Vibe X3

Olti yadroli Qualcomm Snapdragon 808 protsessori hamda Adreno 418 videoprotsessoriga ega Vibe X3 flagmani salobati va nafisligi bilan ajralib turadi.

Lenovo Vibe X3 smartfonining bosh kamerasi 21 Mp bo‘lib, u qo‘sh fotochaqnoqqa ega. Bu ikki fotochaqnoq suratdagi yorug‘lik balansini normallashtiradi. Unda 3840×2160 pikselli videorolik yozsa bo‘ladi. Qurilmaning old kamerasi 8 Mpiks.

Shu bilan birga, smartfonda HTC One M9’nikiga o‘xshagan kuchli ovoz uzatkich o‘rnatilgan.

Smartfonning IPS turidagi displeyining piksel sig‘imi 1080×1920, ya’ni Full HD. Ekranda multitach sensor texnologiyasi tatbiq qilingan.

Smartfonnig tezkor xotirasi 3 GB, xotirani kengaytirish uchun microSD bo‘lmachasi mavjud.

3500 mA soat elektr toki sig‘imiga ega akkumulyator bilan 1860 daqiqa suhbat qurish mumkin.

Uning narxi Amazon internet do‘konida $450.00 dollarni tashkil qilmoqda.

 p9

Huawei P9

Bu smartfonning eng muhim jihati qo‘sh kamerasidir. Qolaversa, bu kamera nemis texnologiyasi, ya’ni Leica kompaniyasiga tegishli. 2 ob’yektiv hamda 12 Mp sig‘imga ega ikkita matritsa kameraga keng dinamik diapazonda surat olish va sifatda professional fotokameralar bilan bellashish imkonini beradi. Unda yirik manzaralarni ham suratga olish mumkin.

Kompaniyaning aytishicha, P9 kamerasining yuqori sezuvchanlik funksiyasi iPhone 6s kamerasida olingan suratlardan 270 foizga, Samsung Galaxy S7 gadjeti muhrlagan tasvirlardan  90 foizga yuqori, ya’ni yorug‘lik past joyda ham, ravshan va sifatli surat olish mumkin.

P9 smartfoni 5.2 dyuymli 1080p fomartida namoyish qiluvchi displey va 2.5 GGs chastotada ishlaydigan, 64 bit va 8 yadroli Kirin 955 protsessoriga ega.

U Android 6.0 opreatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

Qurilma barmoq izi skaneri bilan ta’minlangan bo‘lib, u barmoqni 3D formatida skaner qilib, so‘ng foydalanuvchiga tizimga kirishiga ruxsat beradi.

Huawei’ning yangi smartfoni alyuminiy korpusda ishlab chiqarilgan. Korpusning qalinligi 6,4 mm. Solishtirish uchun aytamiz, Samsung Galaxy S7 smartfonining korpus qalinligi 7,9 mm.

Kompaniya tatbiq etayotgan «dual-IC Rapid Charge» texnologiyasi quvvat toshi – akkumulyatorni 10 daqiqa ichida 6 soatlik suhbat uchun yetarli quvvat bilan ta’minlaydi.

Smartfondagi microSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi yordamida foydalanuvchilar xotira sig‘imini kengaytirishlari mumkin.

Smartfon ommaviy sotuvga chiqarilmagani bois uning hozircha aniq narxi mavjud emas. Ammo smartfonning bahosi $680 dollarni tashkil qilishi kutilmoqda.

nexus

Huawei Nexus 6P

Xitoyning eng muvaffaqiyatli texnologik kompaniyasi hisoblanmish Huawei jahonning eng gigant texnologik kompaniyasi bo‘lmish Google uchun smartfonlar ishlab chiqarmoqda. Bu esa muvaffaqiyat uchun yo‘llanma degani.

Nexus 6P 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 810 protsessori, Adreno 430 videoprotsessor, 3 GB  tezkor xotira, 3450 mA soat sig‘imli akkumulyatorga ega.

Uning korpus o‘lchamlari: 159 x 78 x 7.3  mm bo‘lib, 178 gramm tosh bosadi. Smartfon 32 GB doimiy xotira bilan ta’minlangan.

Smartfon Android 6.0 operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

AMOLED turidagi  5.7 dyuymli displeyning piksel sig‘imi 1440×2560 belgiga teng.  Ekranda multitach

hamda yorug‘lik sensori tatbiq qilingan.

Gadjetning bosh kamerasi 12.3 Mpiks bo‘lib, lazerli avtofokus funksiyasiga, fotochaqnoqqa ega. Qurilmaning old kamerasi 8 Mpiks.

Gadjetda barmoq izlari skaneri, akselerometr, barometr, giroskop, masofa-oraliq datchigi, stereodinamiklar, raqamli kompas kabi sensor va texnologiyalar mavjud.

Google Nexus 6P smartfonining 32GB talqini Amazon internet do‘konida 425 AQSh dollaridan sotilmoqda.

 honor_5x

Honor 5X

Huawei Honor 5X smartfoni anchadan keyin mobil qurilmalar bozoriga kirib kelgan sifatli va arzon smartfon, deya hisoblanmoqda. Joriy yilning 6 yanvar kuni namoyish etilgan, to‘la metall qoplamali, kod talab qilmaydigan Android qurilma – Huawei Honor 5X 200 dollarga narxlangan.

Smartfon korpusining o‘lchamlari 151 x 76 x 8.15 mm bo‘lib, u 158 gramm tosh bosadi.

Honor 5X qurilmasi 8 yadroli, 1500 Ggs chastotada ishlaydigan Qualcomm 615 protsessoriga, 3 GB tezkor va 16 GB doimiy ichki xotiraga, ikki sim kartani o‘qish imkoniga, 13 va 5 megapiksel kameralarga, barmoq izlari orqali tasdiqlash tezkor tizimiga, quvvati bir kunga yetadigan 3000 mA soat quvvat toshiga ega smartfondir. Uni to‘liq quvvatlab 712 soatlik aloqa qursa bo‘ladi. microSD bo‘lmachasiga qo‘shimcha xotira fleshkasini ham o‘rnatish mumkin.

IPS turidagi 1080×1920 Full HD ekran diagonali 5.5 dyuym. Displeyda multitach, yorug‘lik sensori (displey tashqi yorug‘lik kuchiga qarab avtomatik ravishda o‘zining yoritish darajasini sozlaydi) texnologiyalari tatbiq qilingan.

Foydalanuvchilar tomonidan uning suratga olish imkoniyatlari, metall korpusi va ekran yorqinligiga yuqori baho berilmoqda.

Barmoq izlari skaneri yordamida selfiga tushish, ogohlantirish panelini ko‘zdan kechirish, kirish qo‘ng‘iroqlariga javob berish mumkin.

Unda G-sensor, akselerometr, masofa-oraliq va Xoll datchiklari, raqamli kompas qurilmalari mavjud.

Honor 5X smartfonining 16GB talqini Amazon internet do‘konida 199 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Meizu

Meizu M3 Note

5,5 dyuymli M3 Note fableti piksellar sig‘imi 1920x1080 bo‘lgan 5,5 dyuymli IPS-displey bilan ta’minlangan. Sakkiz yadroli (1.8 GGs) MediaTek Helio P10 MT6755M (8xARM Cortex-A53) protsessori va Mali-T860 grafik tezlatkichi smartfon ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

2 va 3 Gb tezkor hamda 128 Gb gacha MicroSD kartasi bilan ko‘payish imkoniga ega 16 va 32 Gb doimiy xotirali ikki talqinda taqdim etiladi. Odatdagidek, ikkita SIM yoki SIM+MicroSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi bilan ta’minlangan.

Asosiy kamera 13 Mp bo‘lib, ikkita yorug‘lik diodli chaqnoq va fazaviy avtofokus (0,2 soniyada fokuslanadi)ga ega. Old kamera esa 5 Mp. Qurilma Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac, Bluetooth 4.0, GPS hamda LTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ekran ostida barmoq izi skanerli mTouch 2.1 tugmasi o‘rnatilgan. Smartfon akkumulyatori — 4100 mAsoat. O‘lchamlar: 153.6x75.5x8.2 mm, vazni: 163 g. Smartfon Android 5.1 Lollipop operatsion tizimi asosida ishlaydi, biroq interfes sifatida Flyme OS 5.1 dasturiy qoplamasi o‘rnatilgan.

Smartfon savdosi Xitoyda 11 apreldan boshlangan. 16 Gb modelining narxi 125 dollar atrofida bo‘lsa, 32 Gb talqini esa 155 dollar.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!