Xitoy barcha tillardagi Wikipedia’ni bloklab qo‘ydi

  •   DiMaX
  •  563
  •  16.05.2019 12:30

Xitoy barcha tillardagi Wikipedia’ni bloklab qo‘ydi

«Osmon osti saltanati» hukumati internet va AKT sohasini jiddiy nazorat ostiga olmoqda. Yaqindagina u davlat siyosatiga mos kelmaydigan o‘yinlarni taqiqlagan edi, lekin undan ham qizig‘i...

O‘QING: Xitoy ijtimoiy tarmoqlarda «Leica» so‘zini taqiqladi – bunga o‘ta jiddiy siyosiy sabab bor! (+video)

Shuningdek, Xitoy hukumati internetdagi ochiq ensiklopediya – Wikipedia resursining xitoy tilli versiyasiga avvalroq cheklov o‘rnatgan edi. Endi esa bu mamlakatda uning barcha tillardagi talqinlari bloklab qo‘yildi. Ushbu cheklov 1989 yili mamlakatning Tyananmen bosh maydonida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlarining 30 yilligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Bu haqda Tor Project tashkiloti tomonidan yo‘lga qo‘yilgan Tarmoqqa aralashuvlarni ochiq kuzatish loyihasi vakillari xabar berishgan. Ularning aytishlaricha, Xitoyda aprel oyining oxiridan beri Wikipedia’ning barcha tillardagi versiyalari ishlamay qolgan. Kecha – 15 may kuni esa buni ochiq ensiklopediyani boshqaruvchi Wikimedia Foundation ham tasdiqladi.

Aytish kerakki, ushbu mamlakatda Wikipedia’dagi ayrim maqolalar, masalan – Tyananmen maydoni voqealari, dalay-lama yoki Tibet haqidagilari avvaldan ham bloklangan edi. Xitoyda umuman ishlamaydigan (ular orasida hatto Google, Facebook va LinkedIn ham bor) saytlardan tashqari, hukumat har yili o‘sha voqealar sanasi (4 iyun) arafasida minglab saytlarni vaqtincha bloklab turadi.

O‘QING: Xitoylik xakerlar 9 yildan beri Rossiya davlat idoralarini kuzatayotgan ekan!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.