Xitoy butun boshli mamlakatlarni internetdan uzib qo‘yishi mumkin!

  •   DiMaX
  •  5109
  •  08.02.2020 09:55

Xitoy butun boshli mamlakatlarni internetdan uzib qo‘yishi mumkin!

AQSh bosh prokurori Uilyam Barr bayonotiga ko‘ra, Xitoyda boshqa mamlakatlarni internetdan uzib qo‘yish imkoni yuzaga kelishi ehtimoli yuqori. Bu esa uning 5G texnologiyalari borasidagi yetakchiligidan kelib chiqadi, deydi u.

O‘QING: Yaqin orada 5G-smartfonlar bozorining naq yarmini shu kompaniya egallaydi!

«Agarda sanoat interneti Xitoy texnologiyalariga bog‘liq bo‘lsa, u butun boshli mamlakatlarni iste’molchilar va industriya uchun zarur bo‘lgan qurilmalardan uzib qo‘ya oladi», – deya ta’kidlaydi Barr.

Bosh prokurorning fikricha, AQSh o‘ziga ittifoqdosh mamlakatlardagi texnologik kompaniyalar bilan hamkorlik haqida o‘ylab ko‘rishi lozim. Bu esa 5G texnologiyalari borasida Xitoyning gegemonligi xavfidan xalos etishi mumkin. Huawei bilan raqobatlasha oladigan kompaniyalar sifatida u Nokia hamda Ericsson kompaniyalarini tilga olgan.

Uilyam Barr beshinchi avlod uyali aloqa texnologiyalari sohasida o‘z mamlakati Xitoydan ancha orqada ekanini tan oldi. Shu bilan birga, u Xitoy shunchaki AQSh va boshqa mamlakatlar texnologiyalarini o‘g‘irlayapti, deya qistirib ham o‘tdi.

O‘QING: O‘zbekistonda internet 34 foizga arzonlashib, tezligi ham oshirildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!