Xitoy hukumati musulmon uyg‘urlarning iOS, Android va Windows tizimli gadjetlariga ommaviy hujum uyushtirgan

  •   DiMaX
  •  734
  •  03.09.2019 17:32

Xitoy hukumati musulmon uyg‘urlarning iOS, Android va Windows tizimli gadjetlariga ommaviy hujum uyushtirgan

Shu yilning 29 avgust kuni Google kompaniyasi ikki yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan josuslik saytlari haqida xabar bergandi. Bunday saytlarga ayfonlardan Safari brauzeri orqali kirgan foydalanuvchilarning smartfoniga xakerlar bemalol kirib, ulardagi suratlar, videolar, yozishmalar va boshqalarni kuzata olishar ekan!

O‘QING: Musulmonlarga mo‘ljallangan eng qulay brauzer bilan tanishing!

TechCrunch nashrining ma’lum qilishicha, bunday xakerlik hujumi ortida Xitoy hukumati turibdi. Ular shu yo‘l bilan Shinjon (Sinszyan) hududidagi etnik uyg‘ur bo‘lgan musulmon aholining mobil qurilmalarini kuzatuv ostiga olmoqchi bo‘lishgan. Mazkur ziyonkor saytlar uyg‘urcha, ya’ni kontenti ham shu millat vakillarini qiziqtiruvchi ma’lumotlardan iborat bo‘lgan.

Shuningdek, xitoylik xakerlar Android tizimli smartfonlar hamda Windows tizimli kompyuterlar himoyasini buzishga imkon beruvchi shunaqa saytlarni ham ishga tushirishganligi aytilmoqda. Mazkur hujumlardan qancha kishi jabr ko‘rganligi noma’lum, ammo Xitoy hukumati faqat uyg‘urlarning gadjetlaridagi ma’lumotlarni to‘plagan; boshqalar ularni qiziqtirmagan ham.

Xabarda aytilishicha, Apple allaqachon o‘z operatsion tizimi himoyasidagi 14 ta zaiflikni aniqlab, bartaraf etgan. Google ham Android muhofazasidagi tirqishlarni yopgan, Microsoft ham Windows tizimi himoyasidagi nuqsonlarni izlash va bartaraf etishga jiddiy kirishgan. Mazkur holatlar bo‘yicha surishtiruv ishlariga AQSh Federal qidiruv byurosi (FBR – FBI) ham jalb etilgan, lekin Xitoy hukumati panohi ostidagi xakerlarni topishga ularning kuchi yetarmikan?

O‘QING: Terroristlar qaysi messenjerlardan ko‘p foydalanishi aytildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!