Xitoy kompaniyasi UEFA bilan hamkorlik qiladi

Xitoy kompaniyasi UEFA bilan hamkorlik qiladi

Xitoyning Oppo kompaniyasi UEFA bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Kompaniya endi o‘z mahsulotlarini nufuzli futbol musobaqalari, jumladan, UEFA Chempionlar Ligasida reklama qiladi. Hamkorlik ikki yil - 2022/23 va 2023/24 yillar uchun amal qiladi.

Kelishuv doirasida Oppo o‘z brendini translyasiya fonida, stadionlardagi reklama panellarida, shuningdek, Chempionlar ligasi, Superkubok, futzal bo‘yicha Chempionlar ligasi va Yoshlar ligasining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda o‘z mahsulotlarini reklama sifatida namoyish etadi. 

UEFA bilan hamkorlik Oppo uchun yana bir muhim kelishuvdir. Avvalroq kompaniya tennis bo‘yicha Uimbldon va Roland-Garros, bundan tashqari, Xalqaro Kriket Kengashi bilan hamkorlik qilgan edi. Oppo shuningdek, Barcyelona klub bilan ham qisqacha hamkorlik qilgan. Ispan grandi bilan hamkorlik dorasida 2019 yili ko‘k va qizil ranglardagi Oppo Reno 10x Zoom smartfoni ishlab chiqarilgan.

O‘QING: Galaxy Z Fold 4 va Galaxy Z Flip 4 taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!