Xitoy qonli va g‘oyaviy jihatdan noto‘g‘ri o‘yinlarni taqiqlayapti

  •   DiMaX
  •  903
  •  23.04.2019 12:02

Xitoy qonli va g‘oyaviy jihatdan noto‘g‘ri o‘yinlarni taqiqlayapti

«Osmon osti saltanati» regulyatorlari mamlakatda kompyuter o‘yinlariga yangi talablarni ishlab chiqishdi. Bloomberg nashriga ko‘ra, ularda o‘yinlarga bir qator cheklovlar mavjud.

O‘QING: Yana bir mamlakat eng ommabop PUBG va Fortnite o‘yinlarini taqiqladi

Endilikda sahnalarida qon, jasad va erotika, shuningdek, Xitoy tarixi haqidagi rasmiy versiyaga mos kelmaydigan faktlari mavjud bo‘lgan o‘yinlarga ruxsat berilmasligi mumkin.

O‘yin ishlab chiquvchilar va o‘yinlarni sotuvchi studiyalar endi o‘zlarining ushbu mahsulotlari haqida Xitoy regulyatorlariga avvalgilaridan ko‘ra ko‘proq ma’lumotlar taqdim etishlari kerak bo‘ladi. Bunda nafaqat o‘yin ssenariylari, balki foydalanuvchilar o‘yinga bog‘lanib qolishlarining oldini olish choralari ro‘yxati ham ko‘rsatiladi.

Xitoy hukumati o‘yinlarga tobelikning oldini olish maqsadida o‘tgan yili bir qator o‘yinlarning mamlakatda taqdim etilishiga ruxsat bermagan. Natijada juda ko‘plab o‘yinlar ruxsat berilishini kutib navbatda turibdi. Bloomberg jurnalistlarining yozishlaricha, bu yil ruxsat beriladigan yangi o‘yinlarning soni besh mingtaga ham yetmaydi.

Onlayn o‘yinlarning axloqiy jihatlari bo‘yicha maxsus komitet o‘yinlar mazmuni Xitoy jamiyatining an’anaviy qadriyatlariga mos kelish-kelmasligini, tarixni buzib ko‘rsatmasligini baholaydi. O‘yinlarga mamlakatda ruxsat berilishi uchun ushbu komitet fikri asos qilib olinadi.

O‘QING: Xitoy ijtimoiy tarmoqlarda «Leica» so‘zini taqiqladi – bunga o‘ta jiddiy siyosiy sabab bor! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!