Inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar Xitoy yuritayotgan ijtimoiy reytingga qarshi chiqishmoqda

Inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar Xitoy yuritayotgan ijtimoiy reytingga qarshi chiqishmoqda

Xitoy hukumati fuqarolarining virtual harakatlarini qattiq nazorat ostiga oladi. Endi xitoyliklarning virtual tarmoqdagi nojo‘ya harakatlari internetdan foydalana olmasliklariga olib kelishi mumkin.

Xitoyda fuqarolarni ijtimoiy rag‘batlantirishning noyob mexanizmi qo‘yilgan. Misol uchun, jamiyatda o‘zini yaxshi tutgan fuqarolar doim qimmat mehmonxonalarda turish, bankdan imtiyozli kreditlar olish hamda boshqa bonuslardan foydalanishlari mumkin.

O‘qing: 2018 yil, I chorak: ijobiy qarshi olingan 10 smartfon

Xitoyda 2014 yildan boshlab fuqarolarning ijtimoiy ishonchliligini baholash tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinmoqda. Uning doirasida fuqaroning ijtimoiy faolligi yoki nojo‘ya harakatlari o‘rganiladi, shunga ko‘ra ular rag‘batlantiriladi yoki jazolanadi. Bu loyiha hozircha sinov tariqasida yo‘lga qo‘yilgan va 2020 yilda to‘liq ishga tushiriladi.

Quyidagi harakatlar fuqaroning bu reytingdagi o‘rnini pasayib borishiga sabab bo‘ladi:

• Ma’muriy jinoyatlar, misol uchun, yo‘l qoidalarini buzish yoki jamoat transportidan foydalanganlik uchun yo‘l haqini to‘lamaslik.
• Internetda yolg‘on xabarlarni nashr qilish (teraktlar yoki boshqa fojialar xususida).
• Kompyuter o‘yinlariga haddan ziyod ko‘p pul sarf qilish.

Fuqaroning ijtimoiy ishonchliligi reytingida past baho olish quyidagi holatlarga sabab bo‘lishi mumkin:

• Ishga olishda muammoni keltirib chiqaradi, yuqori lavozimga ko‘tarilishiga to‘siq bo‘ladi, davlat ishi va banklarga ishga olinishga to‘siq bo‘ladi.
• Muayyan turdagi kasblar bilan shug‘ullanish man qilinadi, xususan jurnalist hamda yuridik soha xodimi bo‘lish taqiqlanadi.
• Kredit olishda muammo keltirib chiqaradi, ayniqsa imtiyozli kredit olishda.
• Sayohat qilish taqiqlanishi mumkin.
• Sekin tezlikdagi internetdan foydalanish jazosi beriladi.
• Hashamdor mehmonxonalarda dam olish va qimmat restoranlarda ovqatlanish taqiqlanadi.
• Nufuzli universitetlarda ta’lim olish cheklanadi.
• Reytingda quyi ball olganlar rasman e’lon qilinishi ham mumkin.

Fuqarolarning ijtimoiy ishonchliligi davlat tashkilotlari va xususiy kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladi. Ular fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari saqlanadigan bazalarga bemalol kira olishadi.

O‘tgan oyda Channel News Asia saytida yozilishicha, bu reyting hozirdanoq millionlab insonlarning hayotiga ta’sir qilmoqda. Xususan, Xitoyning 9 million nafar fuqarosi reytingdagi past ko‘rsatkichlari tufayli aviachipta xarid qilish huquqidan mahrum qilingan yoki poyezdda sayohat uchun biznes-sinfga kiruvchi chiptalarni xarid qila olmagan.

O‘qing: Yilning eng hamyonbop 3 ta smartfonidan eng yaxshisini tanlaymiz!

Reytingda yuqori ball olganlar kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarda imtiyozlar qo‘llanilgan hamda turli bonuslar berilgan. Ular shahar markazidagi velosiped turargohlaridan bepul foydalanishlari mumkin.

Xalqaro tashkilotlar, xususan Human Rights Watch Xitoyning bu siyosatini qoralamoqda va unga qarshi chiqayotgan xitoyliklarning haq-huquqlarini himoya qilmoqda. Biroq reja jiddiy va 2020 yildan har bir xitoylik ijtimoiy xatti-harakati uchun rasman rag‘batlantiriladi yoki jazoga tortiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!