Xitoy zondi Marsga qo‘ngani sharafiga Oppo yangi smartfon chiqardi (+video)

  •   DiMaX
  •  751
  •  18.05.2021 14:10

Xitoy zondi Marsga qo‘ngani sharafiga Oppo yangi smartfon chiqardi (+video)

16 may kuni Xitoyda Oppo Find X3 flagmanining maxsus versiyasi sotuvga chiqdi. Mars Exploration Edition nomini olgan smartfon Xitoyning Tainwen-1 missiyasini Marsga muvaffaqiyatli qo‘nganiga bag‘ishlanadi, deb xabar beradi Daryo.

O‘QING: Ilon Mask: «Marsga uchadigan ilk fazogirlar halok bo‘lishadi» (video)

Smartfon korpusining rangi kosmik kemaning metall yarqirashi ramzi hisoblanadi va unga Mars 2021 yozuvi tushirilgan. Operatsion tizimga Marsda quyosh otishi va botishini ifodalovchi mavzuga ega «oboy»lar qo‘yilgan, kamerasida esa «Marsga xos» filtr mavjud bo‘lib, uning yordamida «marscha blokbaster» suratga olish mumkin.

Smartfon Qualcomm Snapdragon 888 platformasida yaratilgan bo‘lib, unga Quad HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlovchi 6,7 dyuymli AMOLED ekran o‘rnatilgan. Uchtalik kameralar modulini 50, 50 va 13 megapikselli datchiklar tashkil etadi.

O‘QING: Eng zo‘r batareyali smartfonlar (DxOMark reytingi, 2021 yil may)

Smartfonning akkumulyator sig‘imi 4500 mA/soat bo‘lib, u 65 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega. Tezkor xotirasi — lineykadagi maksimal — 16 gigabayt, ishchi xotirasi esa 512 gigabaytga teng. Oppo Find X3 Pro Mars Exploration Edition’ning rasmiy narxi 1090 dollarni tashkil etadi.

Avvalroq Oppo kompaniyasi Marvel kino olami ishqibozlari uchun mo‘ljallangan smartfon — Reno 5 Marvel Edition’ni taqdim etgandi.

O‘QING: Flagman turkumning arzon vakillari – OPPO Find X3 Neo hamda Find X3 Lite chiqdi