Xitoycha ilovalardan qutqaruvchi dastur chiqiboq xitga aylandi!

  •   DiMaX
  •  1036
  •  01.06.2020 17:53

Xitoycha ilovalardan qutqaruvchi dastur chiqiboq xitga aylandi!

Smartfonlarga zavodning o‘zidan o‘rnatilgan ilovalarni odatda o‘chirib bo‘lmaydi; xitoycha modellardagi ayrim dasturlar esa bekorga joy o‘g‘irlab yotadi. OneTouch AppLabs kompaniyasi shuni inobatga olib, yangi dasturiy mahsulotini taqdim etdi.

O‘QING: Kompyuterdagi o‘chirilmayotgan faylni «majburan» o‘chiramiz

Ushbu ilova Remove China Apps deb atalgan va, nomidan ham ko‘rinib turibdiki, u smartfonlardagi xitoycha dasturlarni o‘chirib beradi. Qizig‘i – Google Play ilovalar do‘koniga yaqindagina – 17 may kuni joylangan. Ammo hozirgacha uni million martadan oshiq ko‘chirib olishgan!

Rasmiy ilovalar katalogida Remove China Apps’ga yozilgan ijobiy taqrizlar soni 150 mingdan oshiq, reytingi esa salkam ideal – 4,8 birlikni tashkil etadi. Bundan tashqari, Hindiston uchun Play Market’dagi bepul ilovalar orasida u allaqachon yetakchi bo‘lib olgan!

O‘QING: Ushbu 17 ta ilovani smartfoningizdan hoziroq o‘chirishingiz kerak!

Nomiga qaramasdan, Remove China Apps xitoycha ilovalarni mustaqil tarzda o‘chira olmaydi, balki smartfonga o‘rnatilgan, xitoylik ishlab chiquvchilarning mahsulotlari bo‘lgan dasturlarni belgilab ko‘rsatadi. Ulardan qaysilarini o‘chirish, qay birlarini qoldirishni esa foydalanuvchi o‘zi hal etadi.

Lekin oddiy tajribaning ko‘rsatishicha, Remove China Apps o‘z nomidagi vazifani qismangina uddalaydi. Masalan, u TikTok hamda Mi Remote ilovalarini xitoycha, deb belgilagan, ammo negadir Xitoydagi eng yirik o‘yinsoz – Tencent Games mahsuloti bo‘lgan PUBG Mobile o‘yinini mazkur ro‘yxatga qo‘shmagan.

Nima bo‘lganda ham, Remove China Apps ilovasini mana bu havola orqali yuklab olib, sinab ko‘rsangiz bo‘ladi.

O‘QING: Microsoft barcha Android-smartfonlar uchun zo‘r ilova chiqardi