«Xitoycha iPhone X»ni 100 dollarga olishga ulguring! (+video)

  •   DiMaX
  •  4341
  •  23.01.2018 15:48

«Xitoycha iPhone X»ni 100 dollarga olishga ulguring! (+video)

Apple’ning yubiley ayfoni taqdim etilgach, ayni shu dizaynda smartfonlar yaratish urfga kirgandek bo‘ldi go‘yo. Biroq bu borada eng ko‘p klonlarni baribir uncha tanilmagan xitoylik kompaniyalar yaratishmoqda.

O‘QING: iPhone X yakkahokimligiga chek qo‘yishmoqchi – BOE «o‘yiqli» AMOLED-displey yaratdi!

Shulardan biri – iLA X rusumli smartfon hozirda aksiya doirasida juda arzon sotilmoqda. Bu – ekranining tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda, o‘lchami esa diagonaliga 5.5 dyuym bo‘lgan qurilmadir. Romsiz displeyning tasvir aniqligi 1280x640 pikselga teng.

Uning tashqi ko‘rinishi, yuqorida ta’kidlaganimizdek, iPhone X dizaynida ishlangan. iLA X korpus shakli va o‘lchamlari, orqasidagi qo‘shaloq kameraning joylashuvi bilan kupertinoliklarning yubiley ayfoniga judayam o‘xshash. Smartfon Android 7.0 operatsion tizim talqinida ishlaydi va ikkita SIM-kartani, 4G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Unda zamonaviy mobil qurilmalarda mavjud bo‘lgan simsiz aloqa interfeyslari va tegishli datchiklar mavjud.

iLA X’ning samaradorligi uchun esa 1,3 GGs.gacha takt chastotasida ishlovchi to‘rt yadroli MediaTek MT6737 protsessori javobgar. Unga 3 gigabaytlik tezkor va 32 gigabaytlik doimiy xotira o‘rnatilgan, shuningdek, microSD formatli karta yordamida xotirasi hajmini 128 GBgacha oshirish mumkin.

Mazkur gadjet ommabop AnTuTu benchmarkida yaxshigina – 43 596 ball to‘plagan. Shuningdek, iLA X smartfonini GeekBench 4 benchmarkida ham sinovdan o‘tkazishgan. Unda qurilma yakka yadroli testda 522, ko‘p yadrolisida esa 1 464 ochko olgan. Shuningdek, kompaniya vakili bu devaysda videoo‘yinlar qanday o‘ynalishini ham ko‘rsatib bergan.

Mana, quyidagi videolavhada o‘zingiz tomosha qilishingiz mumkin:

Ko‘rganingizdek, old panelda joylashgan barmoq izi skaneri ham juda tezkor ishlaydi. Asosiy kamerasi 13 megapikselli bo‘lib, qo‘shaloq Samsung sensorlarini va fotochaqnoqni o‘z ichiga oladi. Selfi uchun esa ekran tepasida 5 megapikselli kamera ajratilgan. iLA X akkumulyatori sig‘imi 2 500 mA/soatga teng bo‘lib, so‘zlashuv rejimida quvvati 5-6 soatga yetishi aytilmoqda.

Mazkur smartfonning narxi aslida 120.74 AQSh dollariga teng, ammo ayni damda AliExpress savdo platformasida, 29 yanvargacha davom etuvchi aksiya doirasida uni atigi 99.99 dollarga taklif etishyapti. iLA X xususiyatlari va suratlari bilan batafsil tanishish, shuningdek, unga buyurtma berish uchun mana bu havola orqali tegishli sahifaga o‘tishingiz mumkin.

Agarda onlayn xarid borasida tajribangiz yetarli bo‘lmasa, u holda tovarlarga «Terabayt.uz» saytimiz orqali buyurtma berish imkoni ham mavjud.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!