Xitoycha MIUI proshivkali Xiaomi smartfonlariga Google servislarini o‘rnatamiz

  •   DiMaX
  •  1522
  •  09.04.2018 13:21

Xitoycha MIUI proshivkali Xiaomi smartfonlariga Google servislarini o‘rnatamiz

Xiaomi kompaniyasining hamyonbop smartfonlari bizda ham ommalashib bo‘lgan va rasmiy kafolat bilan sotilmoqda. Ammo ularning global MIUI proshivkali talqinlaridan tashqari, xitoycha proshivkali xilidan olgan yurtdoshlarimiz ham bor.

O‘QING: Xushxabar: Toshkentda Xiaomi servis markazi ochildi!

Ayrim modellardagi (ayniqsa, AliExpress yoki boshqa onlayn do‘konlardan xarid qilingan) Xiaomi smartfonlari proshivkasida nafaqat o‘zbek yoki rus tili, balki hatto ingliz tili ham bo‘lmasligi mumkin. Xitoycha proshivkada, global proshivkadan farqli ravishda, Google servislari mavjud bo‘lmaydi. Quyida shunaqa smartfonlarga ushbu servislarni o‘rnatishni ko‘rib chiqamiz.

Avvalo, smartfoningizga aynan xitoycha MIUI proshivkasi o‘rnatilganiga ishonch hosil qilishingiz darkor. Zero, Xitoyning ichki bozori uchun ishlab chiqarilgan ayrim Xiaomi mahsulotlariga ham global MIUI proshivkasi o‘rnatilgan bo‘lib, ularda Google Play ilovalar katalogi va boshqa servislar shundog‘am mavjud.

Quyidagi yo‘riqnomamiz esa proshivkasining versiyasi ham, tili ham xitoycha bo‘lgan smartfonlar egalariga atalgan.

O‘QING: Mi Mix 2S flagmani AliExpress’da sotuvga chiqdi, shu va boshqa devayslarga buyurtma bering! (2018 yil 7 aprel)

Xitoycha proshivkali smartfonlarda Google Play o‘rniga o‘z ilovalar katalogi – App Store o‘rnatilgan, bizga aynan shu kerak.

Internetga (Wi-Fi yoki SIM-kartangizdagi ma’lumot uzatishni yoqib) ulangan holda App Store’ni ochsangiz, uning bosh menyusi quyidagicha ko‘rinadi:

Uning yuqori qismidagi – lupa belgichali qidiruv maydonchasiga «Google» deb yozamiz. Shu yerda qidiruv natijalari ko‘rinadi, ammo hali ular orasida biz izlayotgan narsa yo‘q.

Izlash natijalari sahifasining pastrog‘idagi quyidagicha ko‘rinishli ko‘k belgichaning ustiga bosamiz:

Shunda ilova bizni keyingi sahifaga boshlab boradi, bizning izlaganimiz – Google Play ilovasi o‘sha yerda quyidagicha shaklda ko‘rinadi:

Undagi «Install» yozuvli tugmachani bosamiz va Google Play yuklanib bo‘lishini kutamiz. Ilovalar katalogi o‘rnatilib tugallangach, «Launch»ni bosib uni ishga tushiramiz.

Endi ochilgan Google ilovasi birinchi sahifasidagi ko‘k doiracha ustiga bosamiz:

Bunda o‘rnatilish yarim avtomatik rejimda amalga oshiriladi, shu bois ekranga qarab turishimiz va dastur taklif etadigan harakatlarni o‘z vaqtida tasdiqlab borishimiz kerak bo‘ladi.

Dastur o‘rnatilib bo‘lgach, smartfonning bosh ekrani – ish stolida Play Market yorlig‘i paydo bo‘lganini ko‘ramiz:

Endi uni bosib, o‘zimizga kerakli istalgan ilovani smartfonimizga o‘rnata olamiz.

O‘QING: Barqaror MIUI 9.5’gacha yangilanuvchi Xiaomi smartfonlari ro‘yxati

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.