"Xitoycha muvaffaqiyat" haqida bilmasligingizni bilmaganlaringizni bilib oling!

Shubhasiz, Huawei hozirda dunyoning eng yirik texnogigantlaridandir. Oxirgi bir-ikki yil kompaniya uchun nisbatan qiyin, beqaror bo‘lib keldi; aynqisa, AQSh⁠—Xitoy savdo urushi sababli. Biroq Huawei izlanishda, o‘z mijozlarini mahsulotlari bilan xushnud etishda davom etmoqda, o‘zining qanchalik matonatli ekanligini isbotlamoqda. Quyida Huawei kompaniyasi haqida beshta ma’lumot keltirib o‘tamiz.

1. Huawei'ga o‘rta yosh davri inqiroziga uchragan Ren Jengfey (Ren Zhengfei) asos solgan. Kun kelib Huawei'ning dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biriga aylanishini kim ham o‘ylabdi dersiz. Jengfeyning o‘zi ham kompaniyaga asos solgan paytda bunday muvaffaqiyatni kutmagan bo‘lsa kerak. Huawei'ga asos solishidan oldin Jengfeyning harbiy sohada texnik bo‘lib ishlagani va Xitoy Xalq liberallashtirish armiyasida xizmat qilganligi ahamiyatlidir. Kompaniyani yaratganda u 42 yosh edi. Hozirda 74 yoshni qoralagan Zengfey hali ham kompaniya direktori hisoblanadi. U Xitoyning eng boy kishilaridan hamdir, albatta.

2. Huawei 1987-yil 15-sentyabrda yaratilgan.Huawei'ga 1987-yilda asos solingan va kompaniya o‘z faoliyatini telefon kommutatori sifatida boshlagan. U paytlarda Xitoy va Xalq liberallashtirish partiyasi telekommunikatsiya apparatlarini chetdan sotib olar, bunday qurilmalar mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilmasdi. Xitoy qurilmalarini rivojlantirish va mahalliy tadqiqot ishlariga sarmoya kiritishga qaror qilgan Jengfey o‘z kompaniyasini yaratadi. Shenchjengda joylashgan kompaniya ilk mahsulotini 1987-yilda ishlab chiqargan. Jengfeyning o‘zi ta’kidlaganidek: "[O‘sha davrda] telekommunikatsiya texnologiyasi xalqaro xavfsizlikka aloqador bo‘lgan, ma’lum davlatning o‘z texnik jihozlariga ega bo‘lmasligi esa qurolli kuchlarga ega bo‘lmaslik kabi edi".

3․ Huawei - xitoycha muvaffaqiyatHuawei xitoy tilida "xitoycha muvaffaqiyat" ma’nosini anglatishini bilasizmi? "Huawei" so‘zi ikkita qismdan tashkil topgan: birinchi bo‘lak (华) "Xitoy", "xitoycha" ma’nosini bersa, ikkinchisi (ʼ为) esa "muvaffaqiyat" yoki "harakat" ma’nosida keladi. Ikkalasini bir qilib, "xitoycha muvaffaqiyat", deb tarjima qilish mumkin. Bu esa rostdan ham kompaniya xarkateristikalaridan biridir.

4. Huawei'ning muvaffaqiyatlari1987-yildan buyon Huawei' o‘sishda davom etmoqda. 2010-yilgi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniyaning yillik daromadi 30% ga oshgan. Bunday raqamlarga savdolarni nafaqat Xitoyda, balki AQSh va boshqa davlatlarda ham olib borish bilan erishilgan. Hozirgi ma’lumotlar esa kompaniya telekommunikatsiya qurilmalari ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng katta kompaniya, Apple va Samsung'dan keyingi uchinchi eng yirik ta’minotchi ekanligini ko‘rsatadi.

5․ Interbrand reytingida Huawei eng yaxshi brendlardandir.Huawei 2014-yilda Interbrand'ning "Jahonning top brendlari" reytingiga kira olgan ilk Xitoy kompaniyasi sanaladi. Bu, o‘z navbatida, u butun dunyoning eng mashhur brendlaridan biriligini isbotlaydi. Ushbu reytingga butun dunyo bo‘ylab ulkan muvaffaqiyat qozona olgan eng katta kompaniyalargina kiritiladi.

O‘QING: Ommalashgan Xiaomi haqida ommalashmagan ma’lumotlar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!