Xitoycha talqindagi Redmi Note 10 Pro chiqdi: global va hindcha versiyalaridan o‘zgacha!

  •   DiMaX
  •  3065
  •  27.05.2021 12:09

Xitoycha talqindagi Redmi Note 10 Pro chiqdi: global va hindcha versiyalaridan o‘zgacha!

Redmi brendi Hindiston bozoriga taqdim etgan o‘ninchi avlod fabletlari oilasiga uchta model kirgan: standart Redmi Note 10 smartfoni, uning Redmi Note 10 Pro versiyasi hamda yanada ilg‘or Redmi Note 10 Pro Max. Lekin ular jahon bozoriga sal boshqacharoq nomlar bilan chiqqan: global Redmi Note 10 Pro modeli hindcha Redmi Note 10 Pro Max bilan bir xil.

O‘QING: Redmi’ning hamyonbop smartfoni iPhone, Galaxy S21 va hatto S21 Plus’lardan ham zo‘r chiqdi!

Xiaomi kompaniyasi kuni kecha o‘z yurtida ham Redmi Note turkumidagi o‘ninchi avlod fabletlarini namoyish etdi. Unga ikkita model kirgan: birinchisi – Redmi Note 10 smartfoni o‘zining global (va hindcha) versiyalaridan farq qilmaydi. Uni Xitoyda 171 dollarga teng narxda sotishadi, devaysning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan mana bu maqolamizda tanishib chiqishingiz mumkin

Xitoy bozori uchun taqdim etilgan Redmi Note 10 Pro esa na global bozorga va na Hindistonga mo‘ljallab shu nomda chiqarilgan smartfonga o‘xshamaydi. Uning tashqi qiyofasi ko‘proq Xiaomi Mi 10 Ultra va Xiaomi Mi 10S flagmanlarini eslatadi.

Global talqindagi Redmi Note 10 Pro modelida AMOLED-ekran qo‘llangan bo‘lsa, xitoychasiga IPS-matritsa o‘rnatilgan. Uning o‘lchami diagonaliga 6,6 dyuymga teng, tasvir uzatishi FHD+ formatida, kadr yangilanish chastotasi esa 120 gersni tashkil etadi. Bulardan tashqari, uning yuzasiga Note turkumida ilk bor eng mustahkam – Gorilla Glass Victus himoya shishasi tortilgan.

O‘QING: Yangilangan bestseller – Redmi Note 8 2021 sotuvga chiqdi: narxlari va farqlari

Redmi Note 10 Pro xitoycha versiyada 67 vattlik tezkor zaryadlanishni qo‘llab-quvvatlaydi (global versiyada esa bu ko‘rsatkich 33 vattga teng). Global talqindagi fabletda Snapdragon 732G chipseti qo‘llangan bo‘lsa, xitoychasi undan kuchliroq MediaTek Dimensity 1100 protsessori bazasida tayyorlangan.

Redmi Note 10 Pro smartfonining xitoycha talqini 5000 mA/soatlik akkumulyator, Dolby Atmos hamda Hi-Res Audio texnologiyali JBL stereodinamiklari, NFC, Wi-Fi 6 va Bluetooth 5.2 bilan ta’minlangan.

O‘QING: Global versiyali ommabop Redmi smartfoni 144 dollargacha arzonlashdi!

Dunyo bozoriga chiqarilgan Redmi Note 10 Pro kvadrokamerasi 108 + 8 + 5 + 2 megapiksellik datchiklarni o‘zida jamlagan. Uning xitoycha versiyasida esa bosh kamera uchtalik: 64 MP + 8 MP (keng burchakli) + 2 MP (makro). Fabletning old kamerasi esa 16 megapikselliya yakka sensordan iborat.

Xiaomi o‘z yurtida Redmi Note 10 Pro modelini 1 iyundan boshlab oq, ko‘k va qora korpuslarda sotadi. Smartfonning tezkor/ichki xotira hajmiga qarab, unga quyidagicha narxlar belgilangan:

  • Redmi Note 10 Pro 6/128 GB – $265
  • Redmi Note 10 Pro 8/128 GB – $296
  • Redmi Note 10 Pro 8/256 GB – $327

Redmi brendi shu kuni Redmi Note 10 Ultra modelini ham taqdim etishi kutilayotgan bo‘lib, biz uning ayrim xususiyatlari va hatto narxini ham e’lon qilganmiz. Biroq bunday smartfon namoyish qilinmadi – kompaniya uni keyinroqqa qoldirgan, shekilli.

O‘QING: Quvvati ikki kunga yetuvchi POCO M3 Pro 5G chiqdi: brendning birorta Xiaomi yoki Redmi smartfoniga o‘xshamagan ilk modeli!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!