Xitoyda iPhone 7 Plus'ning qiyofadoshi sotuvga chiqmoqda

Xitoyda iPhone 7 Plus'ning qiyofadoshi sotuvga chiqmoqda

Coolpad kompaniyasi so‘nggi oylarda yangidan-yangi smartfon modellarini e’lon qilish bilan band. Yaqinda taqdim qilingan Cool M7 smartfoni xitoyliklarning iPhone 7 Plus flagmaniga nisbatan yuqori qiziqishining namunasidir. Boisi, smartfondagi bir sensorli bosh kamerani hisobga olmaganda, bu ikkala smartfonlar go‘yo egizaklarga o‘xshaydilar.

Cool M7 metall korpusli bo‘lib, uning qalinligi 6,9 mm. Smartfon 5,5 dyuymli  FullHD displeyga ega. Ekran usti  2.5D shaklidagi shisha bilan qoplangan. Devaysda Snapdragon 625 chipseti, 4 Gb tezkor hamda 64 Gb doimiy ichki xotiradan foydalanilgan.

Cool M7'ning old kamerasi 13 megapikselli va keng burchakli. Uning yorug‘lik o‘tkazuvchi optik linzasi bir oz kichik -- f/2.2. Bosh kamera uchun Sony IMX362 sensori tanlangan. U 12 Mp hamda optik linza hajmi -- f/1.8.

Cool M7 korpusida USB Type-C porti, tezkor quvvat oluvchi 3200 mA soat elektr toki sig‘imiga ega akkumulyator, biometrik datchik o‘rnatilgan. Smartfon Wi-Fi, GPS tarmoqlarini ham qo‘llab-quvvatlaydi va Android 7.0 Nougat platformasida ishlaydi.

Cool M7 gadjeti 26 avgustdan $404 dollardan sotuvga chiqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!