Xitoyda iPhone sotilmaydigan bo‘ldi – Qualcomm bunga erishdi!

  •   DiMaX
  •  1586
  •  11.12.2018 15:28

Xitoyda iPhone sotilmaydigan bo‘ldi – Qualcomm bunga erishdi!

Qualcomm kompaniyasi «Osmon osti saltanati»da Apple bilan sudlashayotgani haqida xabarlar berganmiz. Nihoyat, bu jarayonlarda chipsoz kompaniya g‘olib keldi.

O‘QING: iPhone va iPad savdosi xavf ostida – Qualcomm Apple’ni sudga berdi

Fuchjou shahridagi xalq sudi qaroriga ko‘ra, endi Xitoy hududiga kupertinolik gigantning ayrim rusumlardagi smartfonlarini olib kirish va sotish taqiqlandi. Bular – iPhone 6s, iPhone 6s Plus, iPhone 7, iPhone 7 Plus, iPhone 8, iPhone 8 Plus hamda iPhone X qurilmalaridir.

Sud qaroriga ko‘ra, patent huquqi Qualcomm’ga tegishli bo‘lgan texnologiya ayni shu modellardagi ayfonlarda noqonuniy qo‘llanmoqda. Bu yerda gap ilovalarni sensor orqali boshqarish va fotosuratlarni tahrirlash jihozlarining xususiyatlari haqida ketmoqda.

Tabiiyki, Apple huquqshunoslari bu qarordan norozilar va unga qarshi tegishli tartibda e’tiroz bilan chiqmoqchilar. Korporatsiya vakillarining so‘zlariga qaraganda, sud iOS 11 tizimida ishlovchi smartfonlarda mazkur huquqning buzilishini aniqlagan, iOS 12 tizimi esa Qualcomm patentlarini buzmaydi.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Qualcomm ustidan bo‘layotgan sudda Apple jarimaga tortildi!

Ushbu taqiq qachon kuchga kirishi hozircha noma’lum bo‘lib, Phone 7, 7 Plus, Phone 8 hamda 8 Plus avvalgidek Apple’ning Xitoydagi internet-do‘konida sotilmoqda. iPhone 6s, 6s Plus va iPhone X rusumli smartfonlar savdosi esa 2018 yilning sentyabrida yangi modellar taqdim etilgach to‘xtatilgan.

Mazkur xabardan so‘ng Apple aksiyalarining narxi 1,5 foizga pasayib ketdi va hozirda bir donasi 166 dollargacha tushdi.

Ammo kompaniya mahsulotlarining savdosi o‘z maromida ketmoqda, jumladan – O‘zbekistonda ham. Jumladan, Terashop.uz internet-do‘konimizda uning bir necha rusumlardagi smartfonlari, planshetlari hamda «aqlli» soatlari tegishli kafolati bilan sotuvga qo‘yilgan.

O‘QING: iPhone’larning Terashop.uz’dagi chegirmali narxlari (2018 yil 8 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!