Xitoyda koronavirus epidemiyasining ilk foydasi namoyon bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  12060
  •  06.02.2020 11:03

Xitoyda koronavirus epidemiyasining ilk foydasi namoyon bo‘ldi!

Shu kunlarda «Osmon osti saltanati»da epidemiya darajasida tarqalgan boshqa bir nechta mamlakatga ham yetib borgan koronavirus masalasi global muammoga aylanib ulgurgan. Biroq shu kunlarda buning taraqqiyotga turki beruvchi qiziq bir jihati ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Xakerlar koronavirusdan foydalanib kompyuterlarga hujum qila boshlashdi!

Koronavirus tufayli Xitoyda yirik ommaviy tadbirlar bekor qilingani, do‘kon, ofis va zavod-fabrikalar yopila boshlaganidan xabaringiz bor. Mashhur JD.com internet-do‘koni esa, o‘z faoliyatining turli bosqichlarida robotlardan keng foydalana boshladi. Buning evaziga kompaniya, garchi aksariyat xodimlar ishga chiqmayotgan bo‘lsa ham, mamlakatdagi favqulodda vaziyatga qaramay, o‘z ishini odatiy rejimda davom ettirmoqda.

Kompaniyaga yaqin manbalarning xabar berishicha, JD.com foydalanayotgan robotlar har xil ko‘rinishda va turli toifalarga mansub. Ulardan ayrimlari omborlarda xizmat qilishmoqda, yana birlari pilotsiz uchib, buyurtmalarni xaridorlarga yetkazib bermoqda.

Mazkur robotlar hozirda virus yuqishi xavfi tufayli ishga chiqa olmayotgan ko‘plab xodimlarning o‘rnini bosyapti. Aqlli mashinalarning har qanday vahima sharoitida ham bemalol ishlarni bajarayotganini ko‘rib, haqli savol tug‘iladi: virus xavfi yo‘qolib, hayot avvalgi holiga qaytgach, JD.com ko‘p sonli xodimlaridan voz kechib, ularni ishsiz qoldirmasmikan?

O‘QING: Prezident amaldorlarni algoritmlarga almashtirishni buyurdi!

Eslatib o‘tamiz, Terabayt.uz saytida ham robotlar bilan bog‘liq turli xabarlar e’lon qilingan: Saudiya fuqaroligini olgan robot endi oila qurishni istagan, u singilli bo‘lgan va odamlarni yo‘q qilishini aytgan; shu mamlakatda robotni rasman davlat ishiga tayinlashgan, «sevish uchun» maxsus robot yaratilgan, «Terminator-2» filmidagi afsonaviy T-1000 kabi suyuq robot ishlab chiqilgan. Dubayda robot-politsiyachi ish boshlaydi, Yaponiyada esa tarjimon robot talabalarga dars beradi, Rossiyada bankda robot-kollektor ish boshlagan, Oksford universitetida esa robot murakkab ko‘z jarrohligi amaliyotini o‘tkazgan...

Shuningdek, robotlar isyoni ham reallikka yaqin: robot-askarning haqiqiy isyonini «jonli» videoda ko‘rsatishgan, Putin bilan ko‘rishgan robotni Tesla avtopiloti urib «o‘ldirgan», insoniyatga ilk bor tanishtirilgan kunidan roppa-rosa 58 yil o‘tib, robot birinchi marta qotillikka qo‘l urgan. Ilon Mask jangchi-robotlarni taqiqlashni, undan avvalroq esa insoniyatni kiborgga aylantirishni taklif etgan, lekin o‘zi odamsimon jangovar robot taqdim etmoqchi.

O‘QING: VIDEO: Rossiya o‘z harbiy robotlarini Suriyada ishlatib ko‘rsatdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.