Xitoyda sotuvga chiqayotgan Redmi 9 modeli ayni shu smartfonning global versiyasidan qanday farq qiladi?

  •   DiMaX
  •  1926
  •  20.06.2020 09:53

Xitoyda sotuvga chiqayotgan Redmi 9 modeli ayni shu smartfonning global versiyasidan qanday farq qiladi?

Xiaomi kompaniyasi 10 iyun kuni Redmi 9 modelini Ispaniyada namoyish qilgan edi. Shundan keyinoq u dunyo bo‘yicha eng ommabop o‘nta smartfon reytingiga kirgan.

O‘QING: 16 xil Xiaomi smartfonlari muntazam MIUI 12 yangilanishlaridan mahrum etilyapti!

Ushbu qurilma joriy haftada savdoga qo‘yildi va dastlab Xitoydan tashqarida sotila boshlagan kam sonli smartfonlardan biri bo‘ldi. Malayziyada uning 3/32 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega varianti 100 yevro narxida sotilayotgan bo‘lsa, Yevropada ayni shunisi bir yarim baravar qimmat – 150 yevroga baholanmoqda. Xotira konfiguratsiyasi 4/64 gigabaytligi ham shunaqa – Malayziyada 124 yevro bo‘lsa, Yevropada 180 yevro turadi.

Endi esa Redmi 9 o‘z vatanida ham sotuvga chiqadigan bo‘ldi va qizig‘i – u yerda sotiladigani global versiyasidan muayyan farqlarga ega, deyishmoqda. Avvalo, bu smartfonni Xitoyda boshqacha konfiguratsiyalarda – 4/64 GB, 4/128 va 6/128 gigabaytlik tezkor/doimiy xotiraga ega variantlarda chiqarishadi. Qolaversa, global Redmi 9’da ko‘zda tutilmagan MicroSD xotira kartasi sloti uning xitoycha versiyalarida bo‘lar ekan!

Agar chindan ham shunaqa bo‘lib chiqsa, Redmi 9 olmoqchi bo‘lganlar unga AliExpress orqali Xitoydan buyurtma berganlari yaxshi. Ushbu gadjetning xususiyatlari va rasmlari bilan ushbu xabarimizda tanishib chiqish imkoni mavjud. Xiaomi smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Koronavirus vahimasi: AliExpress’dan keladigan tovarlar qanchalik xavfli?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.