Xitoyda standart iPhone 11’dan ham arzon iPhone 11 5G rasman sotilyapti!

  •   DiMaX
  •  2702
  •  15.11.2019 13:01

Xitoyda standart iPhone 11’dan ham arzon iPhone 11 5G rasman sotilyapti!

Apple yaqinda taqdim etilgan iPhone 11, iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max smartfonlarining birortasi 5G moduliga ega emas. Beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi ayfonni kupertinoliklar hali 2020 yildagina taqdim etishadi.

O‘QING: iPhone haqida eng keng tarqalgan oltita aldov

Shunday bo‘lsa-da, Xitoyda allaqachon maxsus iPhone 11 5G versiyasi savdoga qo‘yildi. Mazkur gadjet boshqa mamlakatlarda sotilayotgan standart iPhone 11’dan farqlanuvchi bir necha xususiyatlarga ega.

GizmoChina ma’lumotlariga ko‘ra, «Osmon osti saltanati»dagi maxsus 5G-ayfon hatto oddiy iPhone 11’dan arzonroqqa sotilyapti! Qiziq-a: baribir 5G-modemi yo‘q bo‘lgan smartfon qanaqasiga beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlashi mumkin!?

O‘QING: 2 000 dollarlik iPhone qimmat, deysizmi? 71 520 dollarligi chiqdi! (+video)

Gap shundaki, bu ayfonlarni China Mobile uyali aloqa operatori savdoga chiqargan. Bu – iPhone 11’ning shartnoma versiyasi bo‘lib, 5G tarmoqlaridagi internet-trafik to‘plami bilan birga taklif etiladi. Bu operator chindan ham 5G tarmog‘ini sinov tariqasida ishga tushirgan, ammo standart iPhone 11 unda ishlay olmaydi. Foydalanuvchiga alohida mobil router ham sotib olish taklif etiladi – mazkur devays 5G tarmog‘iga ulanadi va yuqori tezlikdagi internetni Wi-Fi yoki LTE tarmoqlari yordamida uzatadi.

Anglaganingizdek, router tarqatayotgan tarmoqqa istalgan mobil qurilma ulanishi mumkin, lekin iPhone 11’dan boshqasini ishlatganda trafik shartlari unchalik foydali emas. Shu boisdan yangilikka o‘ch xitoyliklar iPhone 11 5G xarid qilib, yuksak tezlikdagi beshinchi avlod uyali aloqa standartidan bahramand bo‘lishyapti, China Mobile esa shu bahonada o‘z tarmog‘ini sinovdan o‘tkazib ko‘ryapti.

O‘QING: Nufuzli tashkilotlar eng zo‘r 12 smartfonni e’lon qildi (2019 yil, noyabr)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!