Xitoyda "xunuk" iPhone 13 sotuvga chiqarildi

Xitoyda

Xitoylik LeTV kompaniyasi may oyi oxirida o'zining Y1 Pro super-byudjet smartfonini taqdim qildi. Smartfon bir qarashda iPhone 13 eslatib yuboradi. Uning orqasidagi diagonal tarzda o'rnatilgan 8MP va sun'iy intellekt linzali ikkilik kamerasi, hamda, ekran yuqori markazining katta qora tirqishi ichidagi 5MP selfi kamera joylashuvi dizayni Apple'ning bugungi kundagi flagmanidan ilhomlanib yaratilgan.

Y1 Pro smartfoni 6.5 dyuymli LCD, HD+ rezolyutsiyali displeyga ega va u ekran-osti barmoq izini aniqlash texnologiyasini qo'llab-quvvatlamaydi. Uning kapoti ostida esa UNISOC Tiger T310 chipseti o'rnatilgan va u faqat 4G ni qo'llab-quvvatlaydi. Operativ xotirasi 4GB, doimiy xotirasi esa 32/128/256GB ni tashkil qiladi.

Qurilmaning 4,000 mAh batareyasi USB-C porti orqali 10W tezlikda quvvatlanadi. 164.3 x 77.7 o'lcham va 9.5 mm qalinlikdagi telefonning og'irligi 208 gramm bo'lib, u kompaniyaning o'zi ishlab chiqargan, Android 11'ga asoslangan Le OS 9.1 operatsion tizimida ishlaydi.

Qo'shimchasiga, smartfon yuzni aniqlash texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydi va unda bugungi telefonlaridan yo'qolib borayotgan 3.5 millimetrlik quloqchin uyasi, shu bilan birga, microSD uchun uya mavjud.

Havorang, qora va oq ranglarda chiqarilgan LeTV Y1 Pro smartfoni iPhone 13 xohlaydigan lekin unga pul to'lolmaydiganlar uchun ideal smartfon bo'lishi mumkin. Uning 4/32 GB xotira konfiguratsiyasidagi varianti atigi 499 yuan ($75), 4/128 GB varianti 699 yuan ($105), 4/256 GB varianti 899 yuan ($135) narxda sotuvga chiqarilgan.

Biroq, smartfonning asl ko'rinishi renderlarga ko'rsatilganidek emas ekan. LeTV Y1 Pro sotib olgan xitoylik xaridorlarning biri uning asl yuzini ko'rsatdi:

Ko'rish mumkinki, jonli suratda smartfon ekranini o'rab turgan qora ramka sezilarli darajada qalin bo'lib, tizer-posterlarda ko'rsatilgan renderlardan anchagina farq qiladi.

O'QING: Nothing'ning ilk smartfoni qachon taqdim qilinishi rasman ma’lum qilindi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!