Xitoylik bu kamerofon DxOMark reytingida Galaxy S20 Ultra va Xiaomi Mi 10 Pro’ni ham «yer tishlatdi»!

  •   DiMaX
  •  4469
  •  03.10.2020 14:51

Xitoylik bu kamerofon DxOMark reytingida Galaxy S20 Ultra va Xiaomi Mi 10 Pro’ni ham «yer tishlatdi»!

Vivo kompaniyasi joriy yilning 1 iyun kuni stabilizatorli kameraga ega ilk smartfonlar – Vivo X50 triosini taqdim qilgan edi. Mazkur turkumga standart modeldan tashqari Vivo X50 Pro hamda X50 Pro Plus (Vivo X50 Pro+) kamerofonlari kirgan.

O‘QING: Huawei’ga qarshi sanksiyalar sababli Xiaomi, Oppo va Vivo qanday foyda ko‘rayotganini bilasizmi?

Ushbu uchtalikning eng zo‘ri – Vivo X50 Pro+ flagmani AnTuTu benchmarki avgust oyi holatiga ko‘ra eng kuchli smartfonlar reytingiga kirgan. Bundan tashqari, ayni shu model o‘z egasini rozi qilgan TOP-10 smartfon ro‘yxatidan ham o‘rin olgan. Endi esa ushbu qurilma navbatdagi muvaffaqiyatiga erishdi – DxOMark reytingida uchinchi o‘rin!

DxOMark laboratoriyasi mutaxassislari Vivo X50 Pro+ smartfonining kvadrokamerasini har tomonlama sinovdan o‘tkazib ko‘rib, hayratga tushishdi. U fotoimkoniyatlariga ko‘ra 139 ball olgan bo‘lsa, videoga tushirish bo‘yicha 104 ball to‘plagan:

Shu tariqa, Vivo X50 Pro+ smartfoni 127 ballik natija bilan umumiy reytingda kuchli uchlikka kirdi. Undan oldingi o‘rinlarda esa...

O‘QING: «Davring o‘tdi – tur, begim!»: DxOMark taxtidan Huawei P40 Pro’ni ag‘dargan yangi flagmanni qarshi oling! (+video)

DxOMark reytingida Vivo X50 Pro+ modeli dunyo tan olgan eng zo‘r va qimmat kamerofonlarni, shu jumladan Huawei Mate 30 Pro, Xiaomi Mi 10 Pro va hatto Samsung Galaxy S20 Ultra flagmanlarini ham ortda qoldirgan! Ta’kidlash kerakki, Vivo smartfonlari hali hech qachon reytingda bunchalik yuqori ko‘tarilmagan edi.

Vivo X50 Pro+ texnik xususiyatlari hamda rasmiy videosi bilan tanishish uchun ushbu xabarimizga o‘tishingiz mumkin. Uning kamerasi tekshiruvlari bilan batafsil tanishish istagida bo‘lganlarga esa mana bu havola DxOMark saytidagi tegishli (ingliz tilidagi) sahifani tavsiya etamiz.

O‘QING: Redmi flagmani hatto iPhone 11 Pro Max, Galaxy S20+ va OnePlus 8 Pro’larni mahv etib, kuchli o‘ntalikka kirdi! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!