Xitoylik kompaniya iPhone 13 Pro'ning orqa panel dizaynini shundoqligicha ko‘chirib oldi

Xitoylik kompaniya iPhone 13 Pro'ning orqa panel dizaynini shundoqligicha ko‘chirib oldi

Xitoyning Blackview smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyasi yangi Blackview A95 smartfonini taqdim etdi. U orqa tomonidan iPhone 13 Pro'ga juda o‘xshaydi, lekin uning narxi iPhone 13 Pro'dan bir necha baravar arzon. 

8/128GB xotiraga ega Blackview A95'ning narxi 210 dollarni tashkil etadi, biroq smartfonga oldindan buyurtma bergan xaridorlar uni 160 dollarga sotib olishlari mumkin bo‘ladi. Smartfon uchta rangda sotuvga chiqariladi: Aurora Night Black, Summer Ocean Blue va Fantasy Galaxy Rainbow. 

Qurilma 60Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi 6.5 dyuymli HD+ IPS LCD displeyi bilan jihozlangan. Displeyning har bir dyuymiga 269 piksel to‘gri keladi. 

Ekranning yuqori qismidan tomchisimon 8MP selfi kamera o‘rin olgan. Shuni ta’kdlash joizki, orqa paneldagi uchta kameradan faqatgina bitta 20MP kamera ishlaydi holos. Qolgan ikkitasi esa dizayn uchun yaratilgan soxta kameralardir. 

Smartfon MediaTek Helio P70 chipda ishlaydi. Xotira hajmini microSD kartasi bilan kengaytirish mumkin. Shuningdek, qurilmaga 18 vattda quvvat oluvchi 4,380 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. 

Gadjet Android 11 operatsion tizimiga asoslangan Doke OS grafik qobig‘ida ishlaydi. 

O‘QING: iPhone 13 dizaynidagi 83 dollarlik smartfon qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!