Xitoylik olimlar: «Koronavirus tarqalishida konditsionerning hissasi katta!»

  •   DiMaX
  •  483
  •  16.04.2020 11:04

Xitoylik olimlar: «Koronavirus tarqalishida konditsionerning hissasi katta!»

Hozirda global pandemiyaga sabab bo‘lgan koronavirus tarqalishida 5G texnologiyasini ayblovchilar uyali aloqa antennalarini yoqib yuborayotgani haqida yozgandik. Buning fitna ekani aniqlangan, biroq infeksiyaning tarqalishiga boshqa – bir qarashda bezarar maishiy texnika jihozi ham sabab bo‘lishi mumkin ekan.

O‘QING: Koronavirusning «ovozi»ni yozib olishdi – klassik musiqaga o‘xshaydi!

Xitoylik olimlar koronavirus yuqishida konditsionerning ham roli borligini aniqlashdi. Bu borada tadqiqot o‘tkazishga bir voqea sabab bo‘lgan: mamlakat janubidagi bitta restoranda tushlik qilgan uchta oila ahli – jami 10 kishi birdaniga xastalanishgan ekan.

Mutaxassislar tajribada tekshirib ko‘rib shunga ishonch hosil qilishdiki, konditsionerdan kelayotgan havo oqimi nogahon kirib qolgan infeksiyani butun xona bo‘ylab tarqatib berar ekan.

Ekspertlar barcha umumiy ovqatlanish muassasalarini mazkur muammoga jiddiy yondashishga chaqirishgan. Shuningdek, stollar orasidagi masofani ham kattaytirish kerakligini aytishmoqda, toki endigina karantindan chiqqan mamlakatda qayta kasallanish bo‘lmasin.

O‘QING: Konditsionerdan to‘g‘ri foydalanishni bilasizmi?