Xitoylik smartfonsoz Apple mahsulotining muqobilini chiqarmoqchi

Xitoylik smartfonsoz Apple mahsulotining muqobilini chiqarmoqchi

Yaqinda EUIPO (European Union Intellectual Property Office) ga topshirilgan hujjat shuni ko‘rsatadiki, realme Apple MagSafe'ning muqobili bo‘lgan MagDart nomli quvvatlash tenologiyasini tayyorlamoqda. Hujjatlar realme'ning bosh kompaniyasi Oppo tomonidan taqdim etilgan.

O‘QING: Realme yangi – Dizo brendi ostida 17 va 24 dollarlik telefonlarini sotuvga chiqardi

Hujjatda boshqa ma’lumot keltirilmagan, lekin hujjat MagDart mahsulotida smartfonlar uchun simsiz quvvat oluvchi panellar mavjudligini tasdiqlaydi.

MagDart zaryadlash texnologiyasi hali ham sertifikatlash jarayonidan o‘tmoqda.

Shuningdek, BBK Electronics tarkibiga kiruvchi boshqa kompaniyalar ham ushbu texnologiyaga o‘xshash mahsulotlarni ishlab chiqarishi kutilmoqda.

O‘QING: Realme atigi 95 dollarlik 5G-smartfonni rasman e’lon qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.