Xitoylik smartfonsoz bu yil yarim baravar kam telefon chiqaradi

Xitoylik smartfonsoz bu yil yarim baravar kam telefon chiqaradi

Huawei o‘zining mobil qurilmalar ishlab chiqarish bo‘limini sotmoqchi emas, biroq kompaniyaga oson bo‘lmasligi aniq — Huawei'ni oldinda qora kunlar kutib turibdi.

Nikkei'ning xabar berishicha, telekommunikatsiya giganti ta’minotichilariga 2021 yilda o‘tgan yilgiga qaraganda anchayin kam smartfon ishlab chiqarishini ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Huawei butun yil davomida 70—80 millionta smartfon ishlab chiqaradi xolos. Bu o‘tgan yilgi 189 million dona qurilmaga nisbatan 60% lik kamayish hisoblanadi. 2019 yilda kompaniya bozorga 240 millionta smartfon yetkazib bergandi.

Ushbu o‘zgarish natijasida smartfonlarning bozorda mavjudligi va assortimenti borasida ham yangiliklar kuzatiladi. Ma’lum bo‘lishicha, Huawei o‘z zavodlarini 5G smartfonlar komponentlari bilan ta’minlashga qiynalmoqda va shu boisdan bu yil asosiy e’tiborni 4G smartfonlarga qaratadi. Navbatdagi P50 oilasi smartfonlari ta’minot zanjirida muammolar bo‘layotgani haqida ham xabarlar tarqalmoqda.

Oy boshida Prezident Baydenning Savdo kotibi lavozimiga nomzod Jina Raymondo Huawei'ga qo‘yilgan taqiq bekor qilinmasligi, kompaniya mamlakatga xavf tug‘dirishi borasida ma’lum qilgandi.

O‘QING: Huawei osmonida yana qora bulutlar paydo bo‘ldi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!